4
Ulashish
571 marta koʻrilgan
XVIII asr
Yetti yillik urush
Yetti yillik urush (1756–1763-yillar) Yevropaning aksariyat yirik kuchlari ishtirok etgan va, asosan, Yevropa, Amerika va Osiyo mintaqasidagi Tinch okeanida olib borilgan global mojaro edi. Bir vaqtda sodir boʻlgan yana boshqa toʻqnashuvlarga Fransiya va Hindiston urushi (1754–1763-yillar), Karnatik urushlari (1744–1763-yillar) va Angliya-Ispan urushi (1762–1763-yillar) kiradi.
Qarama-qarshi ittifoqlar mos ravishda Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan boshqarilgan. Ikki davlat ham bir-birining hisobidan global ustunlikni egallashga intilgan. Ispaniya bilan bir qatorda Fransiya ham Yevropada, ham dengiz orti mamlakatlarida quruqlikdagi qoʻshin va dengiz kuchlari yordamida Buyuk Britaniyaga qarshi kurashgan. Bu vaqtda Angliya ittifoqchisi — Prussiya esa Yevropada hududiy kengayish va oʻz kuchini mustahkamlashga intilgan. Buyuk Britaniya Shimoliy Amerika va Gʻarbiy Hindistonda Fransiya va Ispaniyaga qarshi uzoq vaqt davomida mustamlakachilik kurashi olib borgan va muhim natijaga erishgan. Prussiya german davlatlarida koʻproq taʼsir oʻtkazishga intilgan boʻlsa, Avstriya oldingi urushda Prussiya tomonidan bosib olingan Sileziyani qaytarib olish va Prussiya taʼsirini cheklashni xohlagan.
1756-yilgi Diplomatik inqilob sifatida tanilgan anʼanaviy ittifoqning qayta oʻzgarishi natijasida Prussiya Buyuk Britaniya boshchiligidagi koalitsiyaning bir qismiga aylangan. Koalitsiya tarkibiga oʻsha paytda Buyuk Britaniya bilan shaxsiy ittifoqda boʻlgan Prussiyaning uzoq vaqtdan beri raqibi – Germaniyadagi Gannover shahri ham kirgan. Shu bilan birga, Avstriya davlati Fransiya, Saksoniya, Shvetsiya va Rossiya bilan ittifoq tuzib, burbonlar va gabsburglar sulolasi oʻrtasidagi koʻp asrli nizoga barham bergan. Ispaniya ikki burbon monarxiyasi oʻrtasidagi Uchinchi oilaviy kelishuvda Fransiyaga qoʻshilib, 1761-yilda u bilan rasman uyushgan. Kichik nemis davlatlari yo Yetti yillik urushga qoʻshilgan, yo mojaroda qatnashgan tomonlarga yollanma askarlar yetkazib bergan.
1754-yilda Shimoliy Amerikadagi mustamlakalarda ingliz-fransuz mojarosi boshlangan. Oʻshanda ingliz va fransuz mustamlakachi qoʻshinlari va ularning tubjoy amerikalik ittifoqchilari kichik toʻqnashuvlar, keyinchalik esa keng koʻlamda mustamlakachilik urushlari olib borgan. Mustamlakachilik toʻqnashuvlari 2 yildan soʻng urush rasman eʼlon qilingan vaqtda Yetti yillik urushga aylangan. Bu esa Fransiyaning ushbu qitʼaning quruqlikdagi kuchi sifatida mavjudligini amalda tugatgan.
Ispaniya 1762-yilda Fransiya tomonida urushga kirgan va Buyuk Britaniya ittifoqchisi — Portugaliyani Fantastik urush deb nomlanuvchi jangda muvaffaqiyatsizlikka uchratgan. Fransiya bilan ittifoq Ispaniya uchun falokatli boʻlgan. Negaki, u 1763-yilda Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi Parij shartnomasiga binoan qaytarilgan Buyuk Britaniyaning ikki yirik porti — Gʻarbiy Hindistondagi Gavana va Filippindagi Maniladan mahrum boʻlgan. Koʻpgina Yevropa kuchlarini jalb qilgan keng koʻlamli mojaro Avstriyaning (uzoq vaqt davomida nemis xalqining Muqaddas Rim imperiyasi siyosiy markazi) Prussiyadan Sileziyani qaytarib olish istagiga qaratilgan edi.
1763-yildagi Gubertasburg tinchlik shartnomasi Prussiya, Avstriya va Saksoniya oʻrtasida 7 yil davom etgan urushga nuqta qoʻygan. Buyuk Britaniya dunyoning hukmron mustamlakachi va dengiz kuchi sifatida yuksalishni boshlagan. Fransiyaning Yevropadagi ustunligi fransuz inqilobi va Napoleon Bonapart paydo boʻlgunga qadar toʻxtatilgan. Prussiya Avstriyani nemis davlatlarida hukmronlik qilishga chaqirib, oʻzining buyuk davlat sifatidagi maqomini tasdiqlagan va shu tariqa Yevropada kuchlar muvozanati oʻzgargan.
Yetti yillik urush 1754-yili Buyuk Britaniya va Fransiya oʻrtasidagi toʻqnashuvning mustamlakachi Amerika hududida yuz berishidan kelib chiqqan. Inglizlar Shimoliy Amerikada fransuzlar daʼvo qilgan hududni kengaytirishga harakat qilgan. Urush Fransiya va Hindiston urushi sifatida tanilgan. Ingliz va fransuzlar oʻzining tegishli mahalliy Amerika ittifoqchilari bilan hududni nazorat qilish uchun kurashgan. 1754-yil 28-mayda Jumonvil-Glen jangida ingliz va mahalliy Mingo qoʻshma kuchlari (22 yoshli podpolkovnik Jorj Vashington va hind lideri — Tanaxarison boshchiligida) kichik fransuz qoʻshinini pistirmaga uchratgach, jangovar harakatlar kuchaygan.
Toʻqnashuv mustamlakachilik chegarasidan chiqib ketgan va Buyuk Britaniya dengizdagi yuzlab fransuz savdo kemalarini egallab olgunga qadar davom etgan. Xoras Uolpol oʻzining zamondoshi — Jorj Vashingtonni “Amerikaning chekka hududida yosh virjiniyalik tomonidan dunyoga oʻt qoʻygan otishma” deb taʼriflagan. Oʻsib borayotgan kuch — Prussiya Markaziy Yevropada Muqaddas Rim imperiyasining ichkari va tashqarisida hukmronlik qilish uchun Avstriya bilan kurashgan.
1756-yilgi Diplomatik inqilob Yevropa ittifoq tizimining keng miqyosda qayta oʻzgarishiga olib kelgan. Avstriya avvalgi Avstriya vorisligi urushida Prussiyaga boy berilgan Sileziya provinsiyasini qaytarib olish uchun Rossiya va Fransiya bilan, Prussiya esa Buyuk Britaniya bilan ittifoq tuzgan. Buyuk Britaniya Prussiyani Germaniyada Fransiyani muvozanatlashda yordam beradigan Yevropaning quruqlikdagi “hukmroni” sifatida qabul qilgan. Urush yaqinlashayotganini anglagan Prussiya Saksoniyaga oldindan zarba bergan va uni tezda bosib olgan. Bu esa butun Yevropa boʻylab gʻalayonga sabab boʻlgan.
1757-yil 17-yanvarda Prussiyaga qarshi urush eʼlon qilgan Muqaddas Rim imperiyasining imperatorlik maslahat organiga boʻysunib, imperiyaning aksariyat davlatlari istar-istamas Avstriya “ishi” ga qoʻshilgan. Angliya-Prussiya ittifoqiga imperiya tarkibidagi bir nechta kichik nemis davlatlari (asosan, Gannover elektorati, shuningdek, Braunshveyg va Gessen-Kassel) qoʻshilgan. Shvetsiya Pomeraniyani qaytarib olishga intilib (uning aksariyat hududi avvalgi urushlarda Prussiyaga boy berilgan), Yevropaning barcha yirik kontinental kuchlarining Prussiyaga qarshi chiqish imkoniyatini koʻrib, koalitsiyaga kirgan.
Oila pakti (Pacte de Famille) ga aloqador boʻlgan Ispaniya Fransiya nomidan qatnashgan va ular birgalikda 1762-yilda Portugaliyaga muvaffaqiyatsiz bosqin boshlagan. Rossiya imperiyasi dastlab Prussiyaning Polsha-Litva hamdoʻstligidagi ambitsiya (shuhratparastlik) sidan qoʻrqib, Avstriya bilan birlashgan. Biroq u 1762-yilda imperator Pyotr III ning vorisligidan soʻng tomonlarni oʻzgartirgan. Yevropadagi koʻplab oʻrta va kichik kuchlar avvalgi urushlarda boʻlgani kabi kurashayotgan tomonlar bilan manfaatga ega boʻlsa-da, kuchayib borayotgan mojarodan qochishga harakat qilgan. Masalan, Pyotr III rus imperatori boʻlib boshqa tomonga oʻtgach, Daniya-Norvegiya Fransiya tomonida urushga kirishiga oz qolgan. Datsko-norveg va rus qoʻshinlarining jangni tugatishiga oz qolgan boʻlsa-da, urush rasman boshlanishidan oldin rus imperatori taxtdan agʻdarilgan.
Buyuk Britaniyaning uzoq yillik ittifoqchisi boʻlgan Gollandiya Respublikasi nima sababdan Britaniya manfaati uchun qimmatga tushadigan urush olib borishi kerakligini tushunmay, betarafligini saqlab qolgan va hatto Britaniyaning Hindistondagi hukmronligiga xalaqit berishga harakat qilgan. Urush uchun zarur boʻlgan soliq solish tizimi rus xalqiga katta qiyinchilik tugʻdirgan. Chunki qishki saroyga imperatorning birlashuvini yakunlash uchun 1759-yilda imperator Yelizaveta Petrovna tomonidan tuz va alkogolga soliq solish boshlangan. Shvetsiya singari Rossiya ham Prussiya bilan alohida sulh tuzgan.
Urush 2 xil jang bilan bogʻliq 2 ta alohida shartnoma bilan yakunlangan. Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi Parij shartnomasi Shimoliy Amerika va mojaroda qoʻlga kiritilgan dengiz orti hududidagi urushga nuqta qoʻygan. 1763-yilgi Gubertusburg shartnomasi Saksoniya, Avstriya va Prussiya oʻrtasidagi urushni yakunlagan. Urush Buyuk Britaniya uchun muvaffaqiyatli boʻlgan. Chunki u Shimoliy Amerikadagi Yangi Fransiyaning asosiy qismi, Ispaniyaning Florida shtati, Gʻarbiy Hindistondagi baʼzi alohida Karib orollari, Gʻarbiy Afrika sohilidagi Senegal mustamlakasi va Hindiston yarimorolidagi fransuz savdo postlarida hukmronlikni qoʻlga kiritgan.
Mahalliy amerikalik qabilalar turar-joydan chetlashtirilgan. Pontiak urushi nomi bilan tanilgan keyingi mojaro odava (amerikalik etnik guruh) mahalliy qabilalari va inglizlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan kichik koʻlamdagi urush hisoblanadi. Odava qabilalari inglizlar tomonidan yaratilgan yoki zabt etilgan 10 ta qalʼaning yettitasi ittifoqchilar oʻrtasida teng ravishda taqsimlanishini talab qilgan va ularni urushdan oldingi holatiga qaytarishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Yevropada urush Prussiya uchun halokatli boshlangan, ammo omad va buyuk qirol — Fridrixning muvaffaqiyatli strategiya yordamida Prussiya mavqeini qaytarib olish va urushdan oldingi maqomni saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan. Prussiya Yevropaning yangi buyuk “hukmdori” sifatidagi mavqeini mustahkamlagan. Avstriya Prussiyadan Sileziya hududini qaytarib ololmasa ham (uning ilk maqsadi), uning harbiy jasorati boshqa kuchlar tomonidan alohida taʼkidlangan. Portugaliya va Shvetsiya ishtiroki ularni avvalgi buyuk davlat maqomiga qaytarmagan.
Fransiya oʻzining koʻplab mustamlakalaridan mahrum boʻlgan. U samarasiz moliyaviy tizim va zoʻrgʻa bardosh beradigan katta urush qarzini oʻz zimmasiga olgan. Ispaniya Floridadan mahrum boʻlgan, lekin Fransiyaning Luiziana shtatini qoʻlga kiritgan va urush paytida inglizlar tomonidan egallangan, Kuba va Filippin kabi mustamlakalarini qayta tiklagan.
Yetti yillik urush Birinchi jahon urushidan deyarli 160 yil oldin sodir boʻlgan, ilk global urush boʻlib, Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin Buyuk urush deb nomlangan va keyinchalik koʻplab yirik voqealarga global tarzda taʼsir koʻrsatgan. Uinston Cherchill mojaroni “Birinchi jahon urushi”, deya taʼriflagan. Urush nafaqat Yevropaning siyosiy tartibini oʻzgartirgan, balki butun dunyodagi voqealarga taʼsir koʻrsatgan. Xususan, XIX asrda Britaniyaning keyingi dunyo hukmronligi boshlanishi, Germaniyada Prussiyaning yuksalishi, Britaniya Shimoliy Amerikasida keskinlik boshlanishi va Fransiyadagi inqilobiy gʻalayonlarga yoʻl ochgan. Urush shaharlarni qamal qilish va oʻt qoʻyish, shuningdek, katta yoʻqotishlar va ochiq janglar bilan Yevropada ajralib turgan.
Manbalar: wikipedia.org / britannica.com Muqova surat: wikipedia.org