Orqaga

184 marta koʻrilgan

1903–1938

Anqaboy Xudoybaxtov

Anqaboy Xudoybaxtov 1903-yili Jizzax viloyatining Baxmal tumani Yumaloqbosh qishlog’ida tug’ilgan. O’zbek adabiyotshunosi, dramaturgi va jurnalisti. U ziyoli oilasida dunyoga kelgan, internat-maktabda tarbiyalangan. 1926-1928-yillarda Moskva jurnalistlar kursida tahsil olgan. «Zarafshon», «Ishchi» gazetalarida muharrir, «Qizil O’zbekiston» gazetasida bo’lim mudiri bo’lib ishlagan. Ko’p yillar Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo’limini boshqargan, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mas’ul kotibi, SSSR yozuvchilar uyushmasi plenumi a’zosi bo’lgan. 1934-yil Yozuvchilar uyushmasi qoshida «Yosh ishchi yozuvchilar» kabinetini tashkil etgan. Respublika radioeshittirish davlat qo’mitasi raisi lavozimida ham faoliyat yuritgan. Anqaboy Xudoybaxtov hayot yo’li haqida to’liq va batafsil ma’lumotlarni ushbu maqolada o’qishingiz mumkin.