Orqaga
Fransiya qirolligining eski tuzum davri.

188 marta koʻrilgan

XV asr

Eski rejim davri

Qadimgi tuzum yoki Eski tuzum nomlari bilan atalgan tuzum Fransiya qirolligining ijtimoiy-siyosiy tuzumining oʻrta asrlardan taxminan 1500-yildan 1789-yilgacha va fransuz inqilobigacha davom etgan davr hisoblanadi. Fransuz inqilobida fransuz zodagonlarining feodal tuzumi (1790-yil) va irsiy monarxiyasi (1792-yil) bekor qilingan. Valua sulolasi Eski tuzum davrida 1589-yilgacha hukmronlik qilgan. Keyin Burbonlar sulolasi taxtga kelgan. Bu atama vaqti-vaqti bilan Yevropaning boshqa joylarida, masalan, Shveytsariyadagi oʻxshash feodal tizimlarga nisbatan ham qoʻllangan.

Fransiyadagi ushbu rejimning maʼmuriy va ijtimoiy tuzilmalari yillab davom etgan — davlat qurilishi, qonunchilik hujjatlari va ichki qarama-qarshiliklar mobaynida rivojlanib borgan. Valua sulolasining islohot oʻtkazish va mamlakatning tarqoq siyosiy markazlari ustidan nazoratni tiklashga oid urinishiga 1562–1598-yillardagi diniy urushlar toʻsqinlik qilgan.

Burbonlar sulolasi davrida Genrix IV (1589–1610) va Lyudovik XIII (1610–1643) hukmronligining katta qismi va Lyudovik XIV ning (1643–1715) dastlabki yillari maʼmuriy markazlashtirishga qaratilgan edi. Mutlaq monarxiya tushunchasi (qirolning maxfiy xatlar orqali buyruq chiqarish huquqi bilan ifodalanadi) va markazlashgan davlat yaratishga qaratilgan saʼy-harakatga qaramay, Eski tuzumli Fransiya tartibsiz mamlakat boʻlib qolgan. Markazlashgan davlat yaratilishiga qarshilik qilgan sabablardan biri maʼmuriy, sud, cherkovlarning boʻlinishi va huquqlarning asosan bir birga mos kelishi, boshqa bir tomondan esa fransuz zodagonlari mahalliy hokimiyat va adolat masalasida oʻz huquqlarini saqlab qolish uchun kurash olib borshi va kuchli ichki nizolar (Fronda kabi) edi. Markazlashtirishga intilish ikki narsaga — qirollik jamgʻarmasi va urushni olib borish imkoniyatiga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq boʻlgan.

XVI–XVII asrlarda katolik va protestantlar oʻrtasidagi ichki nizo va sulolaviy inqirozlar, gabsburglarning ichki oilaviy mojarosi va XVII asrda Fransiyaning hududiy kengayishi katta mablagʻ talab qilgan. Bu xarajatlarning barchasi yer soligʻi (taille) va tuz soligʻi (gabelle) kabi soliqlar, shuningdek, erkak va zodagonlar xizmati badalidan toʻplanishi kerak edi.

Markazlashtirishning asosiy kalitidan biri — qirol va zodagonlar atrofidagi shaxsiy homiylik tizimlarini davlat atrofida qurilgan tizimlarga almashtirish. Viloyatlarga qirol hokimiyati vakillari boʻlmish maʼmuriy mansabdor shaxslarning tayinlanishi viloyat zodagonlari tomonidan mahalliy boshqaruvga katta putur yetkazgan. Viloyatlardagi holat kabi qirol saroyida zodagonlarga sudya va qirol maslahatchisi sifatida katta ishonch bildirgan. Mintaqaviy parlamentlarni tashkil etishning asl maqsadi — bir xil yangi assimilyatsiya¹ qilingan hududlarda qirol hokimiyatini joriy etishga koʻmaklashish edi. Biroq parlamentlar oʻziga boʻlgan ishonchni qozongach, ular tarqoqlik manbalariga aylana boshlagan.


[1] Bir xalqning boshqa bir xalq urf-odatlari, madaniyati va tilini oʻzlashtirib, milliy ongini yoʻqotishi natijasida oʻsha xalqqa qoʻshilib ketishi.


Manba: thoughtco.com
Muqova surat: ichef.bbci.co.uk