54
Ulashish
1231 marta koʻrilgan
1643–1715
Lyudovik XIV hukmronligi
Lyudovik XIV (1638-yil 5-sentyabr–1715-yil 1-sentyabr) Buyuk Lyudovik (Louis le Grand) yoki Quyosh qiroli (le Roi Soleil) nomi bilan ham tanilgan. U 1643-yildan 1715-yilgacha, yaʼni vafotiga qadar Fransiya qiroli boʻlgan. Lyudovikning 72 yil-u 110 kunlik hukmdorligi tarixdagi eng uzoq boshqaruv hisoblanadi.
Lyudovik XIV davridagi Fransiya Yevropadagi absolyutizm davri timsoli boʻlsa-da, qirol oʻzini Bosue, Kolber, Lebren, Lenotr, Lyulli, Mazarini, Molyer, Rasin, Tyuren va Voban kabi muhim siyosiy, harbiy va madaniy arboblar bilan qurshab olgan edi. Lyudovik Fransiyadagi shaxsiy boshqaruvini 1661-yilda, uning bosh vaziri — kardinal Mazarini vafotidan keyin boshlagan. Qirollarning ilohiy huquqi konsepsiyasi tarafdori — Lyudovik avvalgi qirollarning poytaxtdan boshqariladigan, markazlashgan davlat yaratish ishini davom ettirgan. U Dvoryanlarning koʻp vakilini oʻzining hashamatli Versal saroyida yashashga majburlab, Fransiyaning ayrim hududida saqlanib qolgan feodalizm qoldigʻini yo‘q qilishga intilgan.
Shuningdek, Lyudovik hali balogʻatga yetmasdan, Frondeda qatnashgan aristokratiyani tinchlantirishga muvaffaq boʻlgan. Bu orqali u eng qudratli fransuz monarxlaridan biriga aylangan va Fransiya inqilobigacha davom etgan mutlaq monarxiya tizimini mustahkamlagan. Jumladan, Lyudovik Gallikan katolik cherkovi ostida din tengligini nazorat qilgan. Uning Nant farmonini bekor qilishi kam sonli gugenot protestantlarining huquqini bekor qilib, ularni dragunlar (ham otda, ham piyoda harakatlanishga oʻrgatilgan qoʻshin turi) guruhiga boʻysundirgan. Bu esa gugenotlar koʻchib ketish yoki dinini oʻzgartirishga majbur qilgan hamda fransuz protestant jamoasini deyarli yoʻq qilgan. Lyudovikning uzoq hukmronligi davrida Fransiya Yevropaning yetakchi davlati sifatida maydonga chiqqan va o‘zining harbiy kuchini muntazam ravishda mustahkamlab borgan.
Ispaniya bilan toʻqnashuv uning butun yoshligini namoyon etadi. Lyudovikning shaxsiy boshqaruvi paytida qirollik 3 ta yirik kontinental mojaro: Fransiya-Gollandiya urushi, Toʻqqiz yillik urush va Ispaniya vorisligi uchun kurashda qatnashgan. Bundan tashqari, Fransiya qisqa davom etgan: devolyutsiya va birlashuv uchun kurashda qatnashgan. Urush Lyudovik tashqi siyosatini belgilab bergan va uning shaxsiyati, yondashuvini shakllantirgan. U “savdo, qasos va g‘azab jamlanmasi” dan kelib chiqqan holda, urush uning shon-shuhratini oshirishning eng zo‘r usuli ekanligini his qilgan.
Tinchlik hukm surganida u navbatdagi urush tayyorgarligiga eʼtibor qaratgan. Lyudovik diplomatlariga ular vazifasi — fransuz harbiylari uchun taktik va strategik ustunlik yaratish ekanligini oʻrgatgan. 1715-yilda Lyudovik XIV ning oʻlimidan soʻng 1701-yildan beri davom etayotgan, Ispaniya vorisligi urushidan keyin katta qarzga botgan boʻlsa-da, u qudratli qirollikni nevarasi va vorisi Lyudovik XV ga qoldirgan. Nevarasi hukmronligida sanoat inqilobiga qadar va bugungi kungacha zamonaviy davrga keng taʼsir koʻrsatadigan muhim yutuqlar qatoriga Midi kanali qurilishi, rassomlar uchun homiylik va Fransiya Fanlar Akademiyasining tashkil etilishi kiradi.
Muqova surat: wikipedia.org