Orqaga

187 marta koʻrilgan

1887–1945

Saidrizo Alizoda

Saidrizo Alizoda 1887-yil 15 fevralda Samarqand shahrining Bog’ishamol guzarida ipakchi-gilamchi savdogar Mirmuhsin oilasida tavallud topgan. Maktab yoshiga yetgach, otasi Saidrizoni о’zlari yashab turgan guzarda muhojirlikda yashagan ozarbayjonlik alloma Shayx Abulqosim asos solgan yangi usul maktabiga olib borgan. Qisqa vaqt ichida maktabni a’lo baholarda tamomlagan Saidrizoni Shayx Abulqosim maktabda muallimlik qilish uchun olib qoladi. Muallimlik davrida maktab kutubxonasidagi Ozarbayjon, Eron va Hindistonda chop etilgan gazeta va kitoblarni muntazam о’qib borgan. Maktabda bir muddat ishlagach, oliy ta’lim olish uchun madrasaga о’qishga kirgan va 6 yil tahsil olgan. Madrasani tamomlagach, Samarqand shahridagi Demurov nomidagi bosmaxonada harf teruvchi, sо’ngra rus va о’zbek tilida chiqadigan Rossiyaning «Samarqand» jurnalida korrektor bо’lib ishlagan. Nashriyotda ishlagan paytida rus tilini yaxshi о’rgangan, rus adabiyoti bilan yaqindan tanishgan. Saidrizo Alizoda hayot yo’li haqida to’liq va batafsil ma’lumotlarni ushbu maqolada o’qishingiz mumkin.