Orqaga

185 marta koʻrilgan

1888–1937

Xolid Said

Xolid Sa’id Xо‘jayev 1888-yili Toshkentda Qо’shqо’rg’on qishlog’ida tug’ilgan. Oilada besh farzand bо’lib, ular Solixxо’ja, Xolixо’ja, Ahmadxо’ja, Sultonxо’ja va Xolxо’ja. Xolid Sa’idning asl ismi Xolxо’ja bо’lgan keyinchalik Xolidga aylanib ketgan. Boshlang’ich ta’limni qishlog’idagi maktabda olgan. Sо’ng Toshkentdagi «Beklarbegi» madrasasida tahsil olgan. Toshkentdagi yangi usul maktablarida 1914-yilgacha muallimlik qilgan va jadid matbuotlarida she’r va maqolalari bilan ishtirok etgan. 1914–1918 yillarda Turkiyada tahsil olgan. U Istanbul universitetining «tarix va filologiya» fakultetida ta’lim olgan. 1918–1920 yillarda Ozarbayjonning Ganji shahrida yashab, о’sha yerdagi muallimlar seminariyasi va о’g’il bolalar gimnaziyasida ta’lim bergan. Xolid Sa’id Xо’jayev hayot yo’li haqida to’liq va batafsil ma’lumotlarni ushbu maqolada o’qishingiz mumkin.