Orqaga

187 marta koʻrilgan

1900–1951

Bahrom Haydariy

Jurnalist va pedagog Bahrom Haydariy 1900-yili Toshkent shahrida tug’ilgan. Boshlang’ich ta’limni maktabda, sо’ng «Beklarbegi» madrasasida tahsil olgan. Yangi usul maktabida, keyinchalik esa о’qituvchilar tayyorlash kurslarida о’qigan. 1919-1921-yillarda dastlab Bokuga, u yerdan Istanbulga borib muallimlar seminariyasida ta’lim olgan. Toshkentdagi О’rta Osiyo davlat universitetining Sharq bо’limida о’qigan. 1921-yilda Istanbuldan Turkistonga qaytgach milliy ziyolilar safida madaniy sohalarda faoliyatini davom ettiradi. U San’at muzeyida, Toshkent okrug ijroiya komitetida turli lavozimlarda ishlagan. Toshkentda nashr etilgan «Qizil О‘zbekiston» gazetasida 1925-yildan faoliyat olib borgan. Shuningdek, «Yer yuzi» jurnalida bо’lim mudiri bо’lib ishlagan. Sо’ng u о’z faoliyatini «О’zbekkino»da davom ettirib tarjimonlik qiladi. Bahrom Haydariy hayot yo’li haqida to’liq va batafsil ma’lumotlarni ushbu maqolada o’qishingiz mumkin.