2
Ulashish
657 marta koʻrilgan
1899–1932
Abdurahmon Gʻoyibiy
Ma’rifatparvar va maorif xodimi Abdurahmon G’oyibiy 1899-yili Marg’ilon shahrining Xonaqoh mahallasida tug’ilgan. Otasidan fors va arabchani mustaqil o’rgangan. Rus-tuzem maktabida o’qib ruscha, turkcha, ozarbayjoncha va tatarchani ham o’rgangan. 1915-yili maktabni tamomlab Orenburgdagi «Husayniya» madrasasida 1918-yilgacha tahsil olgan. Toshkentdagi maorif institutida o’qib, 1921-yili o’qishni tamomlaydi. “Husayniya” madrasasida tahsilini tugatgach yurtiga qaytib, Qo’qon Marg’ilon shaharlarida muallimlik qilgan. O’zbek tili va adabiyoti darslaridan o’quvchilarga ta’lim bergan, ona tilini sidqidildan sevishga o’quvchilarga o’rgatgan. 1921-1923 yillari Toshkent o’qituvchilar tayyorlash kursida dars bergan. Maqolada Abdurahmon G’oyibiy haqida to’liq ma’lumotlar bilan tanishing.