Orqaga

185 marta koʻrilgan

1899–1938

Usmonxon Eshonxoʻja oʻgʻli

Usmonxon Eshonxo’ja o’g’li Andijonlik siyosat va jamoat arbobi. U 1899-yil 14-oktabrda Andijonda tug’ilgan. Otasi о’z davrining ma’rifatli kishilaridan bо’lgan. U 5 yoshdan maktabda, keyin madrasada о’qigan. Shu bilan birga 1909-1913-yillarda rus-tuzem maktabida ta’lim olgan. Sо’ngra oliy boshlang’ich bilim yurtini va erkaklar gimnaziyasini tamomlab, maktabda о’qituvchilik qilgan. U arab va fors tillari qatori rus tilini ham yaxshi bilgan. Andijonda nashr etilgan rus tilidagi «Turkestanskiy golos» gazetasida 1916–1917-yillarda faoliyat olib borgan. Fevral voqealaridan sо’ng ziyolilar bilan birgalikda yangi usuldagi maktablarni ochgan. «Turon» kutubxonasi va qiroatxonasini tashkil etishda faol qatnashgan. Usmonxon Eshonxo’ja o’g’li hayot yo’li haqida to’liq va batafsil ma’lumotlarni ushbu maqolada o’qishingiz mumkin.