Orqaga

717 marta koʻrilgan

1583–1997

Britaniya imperiyasi

Britaniya imperiyasi (inglizcha: British Empire) — odam yashaydigan barcha qitʼalarda koloniyalari mavjud boʻlgan insoniyat tarixidagi eng yirik davlat. XX asrning 30-yillariga kelib Britaniya imperiyasi yer sharining qariyb toʻrtdan birini, yaʼni 41,2 mln. km² ni egallagan. Imperiyaning hech boʻlmagan bitta koloniyasida quyosh nur sochib turganligi sababli Britaniya imperiyasini „Quyosh botmaydigan imperiya“ deb atashgan. Imperiya aholisining soni esa 480 mln. kishiga, yaʼni oʻsha paytdagi yer shari aholisining chorak qismiga teng boʻlgan. Britaniya imperiyasi Buyuk Britaniya va unga qaram boʻlgan mustamlakalarni ifodalaydigan tushuncha boʻlib, u 1870-yillardan boshlab rasman qoʻllana boshladi.