Orqaga

855 marta koʻrilgan

XVI–XVIII

XVI–XVII asrlarda Germaniya imperiyasi

Germaniya iqtisodiy taraqqiyotda Angliya, Gollandiya va Fransiya kabi davlatlardan orqada edi. Hatto XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab iqtisodiy tushkunlik ham boshlandi. Bu, avvalo, Germaniyaning 300 dan ortiq mayda-mayda knyazlik (davlat)larga bo’linib ketgani oqibati edi. Siyosiy tarqoqlik yagona ichki bozorning vujudga kelishiga imkon bermadi. Bundan tashqari, bu davrda dengiz savdo yo’llarining Atlantika okeaniga ko’chib o’tgani oqibatida Germaniya orqali o’tadigan dengiz savdo yo’llari o’z ahamiyatini yo’qotdi.