5
Ulashish
906 marta koʻrilgan
1721–1917
Rossiya imperiyasi
Rossiya imperiyasi (boshqa nomi Podsho Rossiyasi) — Rossiya davlati asosida shakllangan davlat. 1721-yilda Pyotr I tomonidan imperiya deb eʼlon qilingan. Rossiya imperiyasi tarkibiga Boltiqboʻyi, Oʻng qirgʻoq Ukraina, Belarus, Polshaning bir qismi, Bessarabiya, Shimoliy Kavkaz, shuningdek, Finlandiya, Kavkazorti, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo va Pomir kirgan. XIX asr oxiriga kelib Rossiya imperiyasi hududi 22,4 million km² ga yetgan. 1897-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra, imperiyada 128,2 million kishi yashagan. 100 dan ziyod xalqlar ushbu hududda istiqomat qilgan; aholisining 57% ni rus boʻlmagan xalqlar tashkil etgan. Rossiya imperiyasi hududi 1914-yil 81 guberniyaga va 20 oblastga boʻlingan; 931 shahar mavjud boʻlgan. Guberniya va oblastlarning bir qismi general-gubernatorliklarga birlashtirilgan. Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiya imperiyasining rasmiy vassallari boʻlgan.