Yuqori Uygʻonish davri haykaltaroshi Mikelanjelo Buonarroti tomonidan yasalgan marmar haykal. U ilk marta 1504-yil 8-iyunda Italiyaning Florensiya shahri Piazza della Signoria maydonida jamoatchilikka taqdim etilgan.
Yuliy Sezar
Mil. av. 100–44-yillar
Birinchi triumvirat aʼzosi boʻlgan Sezar Rim armiyasiga Galliya urushida boshchilik qiladi. Soʻngra fuqarolar urushi davrida oʻzining siyosiy raqibi boʻlgan Pompeyni magʻlub etadi va miloddan avvalgi 49-yildan 44-yilgacha, uning joniga qasd qilingunga qadar Rimni diktator sifatida boshqaradi.
Sezarning keyingi tarjimayi holini yoritib bergan Svetoniy va Plutarx asarlari asosiy manbalardir. Koʻpgina tarixchilar Sezarni tarixdagi eng buyuk harbiy rahbarlardan biri deb hisoblaydi. Keyinchalik uning taxallusi “imperator” soʻzining sinonimi sifatida qabul qilindi: “Sezar” unvoni butun Rim imperiyasida qoʻllanilgan. Bu esa keyinchalik nemischa “Kaiser” va ruscha “sar” soʻzlari kelib chiqishiga turtki boʻldi.
Galiley teleskopi
1609-yilda italiyalik astronom, matematik, fizik va mutafakkir Galileo Galiley uch marta kattalashtirib koʻrsatadigan qurilmani yaratdi va yulduzlarni oʻrganish uchun uni osmonga qaratdi. Shunday qilib, bu qurilma teleskopga aylandi.
Galiley teleskopi bu — refraktor bilan ishlaydigan optik teleskopning bir turi boʻlib, linzalar tizimidagi yorugʻlik nurlarining sinishiga asoslanadi. 1611-yilda Kepler teleskop okulyaridagi sochuvchi linzani yigʻuvchi linza bilan almashtirish taklifini kiritdi. U ajraladigan nurlar yoʻnalishini — obyektiv (F) bilan parallel nurga qaratilganidan soʻng oʻzgartirdi.
Bunday oʻzgarish teleskopning koʻrish maydonini kengaytirdi, yaʼni osmonning katta qismini qoplab olishga imkon berdi. Lekin u teskari tasvirni uzatdi. Kepler teleskopidan foydalangan astronomlar “teskari dunyoni” kuzatishga odatlanib qoldi.
Nil Armstrong
1930 — 2012
U 1969-yil iyul oyida Oy tomon yoʻlga chiqqan “Apollon-11” kosmik kemasi ekipajini boshqardi. Ularning asosiy vazifasi oyni zabt etish edi. Armstrong va uning sherigi Baz Oldrin 2 soat 31 daqiqa va 40 soniya davomida oy yuzasida boʻlishdi.
AQSh “Apollon-11” loyihasi uchun 25 milliard dollar sarfladi. Bugungi qiymatda esa bu miqdor 150 millarddan oshgan boʻlardi — mana bu haqiqiy investitsiya. Qiziqarli faktlardan biri, Armstrongning yurak urushi “Apollon-11” uchirilishi paytida daqiqasiga 110 marotaba yetgan. Oyga qoʻnganda esa bu koʻrsatkich daqiqasiga 150 taga koʻtarilgan.