Orqaga
Sun'iy yo'ldosh — biror osmon jismi atrofida orbita bo'ylab harakatlanadigan kosmik apparat. Sun'iy yo'ldosh haqida batafsil.

632 marta koʻrilgan

XX asr

Sunʼiy yoʻldosh

Sun’iy yo’ldosh — biror osmon jismi atrofida orbita bo’ylab harakatlanadigan kosmik apparat. Dunyoda birinchi marta SSSRda Yer sun’iy yo’ldoshi (YESI) (1957), Quyosh (1959), Oy (1966), Venera (1975) sun’iy yo’ldoshlari, AQShda Mars sun’iy yo’ldoshlari (1971) uchirilgan. YESYning minimal uchish balandligi 140-150 km, maksimal uchish balandligi bir necha yuz ming km. Orbita bo’ylab aylanish davri 1,5 soatdan bir necha sutkagacha. Ekvator tekisligi yaqinidagi orbitada turuvchi YESY ekvatorial; Yer qutblari yaqinidan o’tuvchi orbitadagi YESY qutbiy; aylanma ekvatorial orbitaga chiqarilgan, Yer sirtidan 35800 km ga uzoqlashtirilgan va Yer aylanishi yo’nalishi bo’yicha harakatlanib, Yer aylanish yo’nalishiga mos keluvchi YESI (Yer sirtidagi biror nuqtasida qo’zg’almasdek bo’lib tuyuladi) statsionar deb ataladi. YESY ning asosiy turi orbital kosmik kema hisoblanadi va orbital stansiyadan ta’minlanadi.