1
Ulashish
569 marta koʻrilgan
1844–1910
Muhammad Rahimxon II — Feruz
Feruz — Muhammad Rahimxon II XIX asrning 2-yarmi XX asr boshlaridagi oʻzbek adabiyotida munosib oʻringa ega boʻlgan allomalardan biridir. U shoir, musiqashunos, davlat arbobi va hukmdor edi. Muhammad Rahimxon II 1844-yilda Xivada, Said Muhammad oilasida tavallud topdi. U boshlangʻich maʼlumotini xususiy muallimdan oladi, biroz muddat madrasada tahsil koʻradi, davlat, huquq ilmini esa unga zamonasining yetuk huquqshunos olimlari oʻrgatadilar. Ogahiy Muhammad Rahimga ustodlik qildi, unga sheʼriyat sirlarini oʻrgatdi, tarixdan, tarjima ilmidan saboq berdi. Al-Xorazmiy, Beruniy, Mahmud Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud kabi buyuk allomalar haqida dastlab Ogahiydan dars eshitdi. Keyinchalik esa ularning ijodiy meroslarini toʻplashga kirishib, Pahlavon Mahmud ruboiylaridan bir kitob tartib etdi.