Orqaga
Kapetinglar sulolasi haqida ma'lumot.

598 marta koʻrilgan

X asr

Kapetinglar sulolasi

Kapetinglar sulolasi (fransuzcha “Capétiens”) – Fransiya xonadoni nomi bilan ham tanilgan. Ular franklar sulolasi va robertlar oilasining bir tarmogʻi boʻlgan. Kapetinglar — 987–1792-yillar va yana 1814–1848-yilgacha Fransiyani uzluksiz boshqargan erkak avloddan iborat Yevropa va dunyodagi eng katta va eng qadimgi qirollik oilalaridan biridir. Sulola asoschisi — Gugo Kapet. Sulola yuqori sinfi Fransiyada 987-yil Gugo Kapet saylanganidan to 1328-yil Karl IV vafotigacha Kapet palatasi sifatida hukmronlik qilgan. Bu sinfni kadet boʻlinmalari, Valua xonadoni va keyinchalik Burbon oilasi egallagan. Ular 1792-yilda fransuz inqilobi sabab monarxiya bekor qilingunga qadar uzluksiz hukmronlik qilgan.

Kapetinglar sulolasi haqida ma'lumot.

Sulola asoschisi — Gugo Kapet / britannica.com

Burbonlar 1814-yilda Napoleon magʻlubiyatidan soʻng qayta tiklangan. Biroq 1830-yilda Fransiyaning oxirgi kapetiyalik monarxi, Orlean palatasiga mansub — Lyudovik Filipp I foydasiga taxtni yana boʻshatishga majbur boʻlgan. Kapetiyalik Burbonlar oilasining kadet boʻlinmalari haliyam Ispaniya va Lyuksemburgni idora qiladi. Fransuz davlati shakllanishida sulola hal qiluvchi rol oʻynagan. Dastlab, faqat oʻz mulki, yaʼni Ile-de-Fransga boʻysungan Kapetiya qirollari asta-sekin, lekin barqaror ravishda oʻzi kuchi va taʼsirini oʻz saltanati nazoratini toʻliq qoʻlga kiritguncha oshirib borgan.

Sulola aʼzolari anʼanaga koʻra katolik edi va ilk kapetiyaliklar esa cherkov bilan ittifoq tuzgan. Fransuzlar salib yurishlarining eng faol ishtirokchilari boʻlib, mazkur yurish beshta salibchi qirollar — Lyudovik VII, Filipp Avgust, Lyudovik VIII, Lyudovik IX va Filipp III davrida boʻlib oʻtgan. Kapetiyaliklarning papa hokimiyati bilan ittifoqi Aragon salib yurishi falokatidan keyin qattiq zarbaga uchragan. Filipp III ning oʻgʻli va vorisi — Filipp IV Rim papasi — Bonifatsiy VIII ni kamsitib, papa hokimiyatini Fransiya nazoratiga oʻtkazgan.

Keyinchalik valualar Fransis I davrida diniy tafovutga eʼtibor bermay, Muqaddas Rim imperiyasining kuchayib borayotgan qudratiga qarshi turish uchun Usmonli turklar sultoni bilan ittifoq tuzgan. Genrix IV taxtga oʻtirgan vaqtida protestant edi. Lekin 4 yillik diniy urush uning qarashini oʻzgartiradi. Kapetiyaliklar odatda ahil oilaviy munosabatda boʻlgan. Anʼanaga koʻra, Fransiya qirolining kichik oʻgʻillari va ukalariga oʻz martabasini saqlab qolish va fransuz tojiga daʼvo qilishdan qaytarish uchun imtiyozlar berilgan.

Kapetinglar sulolasi haqida ma'lumot.

Genrix IV, Fransiyaning birinchi Burbon qiroli / wikipedia.org

Kapeting kadetlar qirollikka intilganida, ular xohishi Fransiya tojiga emas, balki xorijiy mamlakatlar taxtiga qaratilgan edi. Natijada kapetinglar turli davrda Ispaniya, Polsha, Aragon, Portugaliya, Navarra qirolliklari hamda Braziliya va Lotin imperiyalari imperatorlari sifatida hukmronlik qilgan. Ispaniya qiroli — Filipp VI kapetinglardan boʻlib, Lyuksemburg Buyuk Gersogi — Anri oilasi bilan bevosita qarindosh, yaʼni ikkalasi ham Burbonlar sulolasining bir tarmogʻidan. Gabsburglar oilasi, shubhasiz, kapetinglarning tarixdagi eng katta raqibi edi. Ular Yevropaning eng qadimgi ikki qirollik sulolasidan biri boʻlgan. U, shuningdek, Yevropa siyosatida muhim rol oʻynagan, eng kuchli qirollik oilalaridan biri edi.

Kapetinglar sulolasi turli oila vakillari, jumladan, Valua va Burbon oila vakillari bilan birgalikda uzoq vaqt hukmronlik qilgan. Valua oilasi 16-asr oxirigacha hukmronlik qildi va Burbon oilasi esa ularning oʻrnini egallab, Fransiya va Yevropa tarixida muhim rol oʻynashda davom etdi. Oxirgi Burbon qiroli Lui-Filipp 1848-yilda taxtdan voz kechadi, shu bilan Fransiyadagi Kapeting sulolasi hukmronligining barham topadi.



Manbalar: wikipedia.org / britannica.com
Muqova surat: midjourney.com