Kodeks — qoʻlyozma kitob, xususan, muqaddas yozuvlar, dastlabki adabiyot, qadimgi afsonaviy yoki tarixiy solnomalar.
Zamonaviy kitob shaklidagi ilk qoʻlyozmalar (yaʼni bir tomoni bilan tikilgan yozma varaqlar toʻplami) – kodeks avvalgi papirus oʻramlari hamda mum taxtalarning oʻrnini egalladi. Kodeksning oʻramlarga nisbatan bir qancha afzalliklari mavjud edi. Kodeks yordamida matnning istalgan nuqtasini birdaniga ochish mumkin boʻlgan. Bundan tashqari varaqning ikki tomoniga ham yozish imkoni mavjud edi. Bu esa koʻproq matnni oʻziga sigʻdira olishni anglatadi.
Kodeks va oʻramlar orasidagi farq Bibliyaning nusxalarida namoyon boʻladi. Bir oʻram Matfey Injilini sigʻdira olgan boʻlsa, odatiy kodeks 4 Injil, shuningdek, Havoriylar kitobini ham birgalikda qamrab oladi. Shu tufayli Bibliyaning toʻliq varianti noodatiy holat boʻlmagan.
Garchi greklar va rimliklarning bukilgan qayd taxtalari kodeksning shaklini eslatsa-da, kodekslarning ustunlik sari rivoji madaniy hamda texnologik oʻzgarishlar, yaʼni xristianlikning yuksalishi, koʻproq va yirikroq kitoblarga boʻlgan talab, shuningdek, avvaliga pergament, soʻngra esa qogʻozning paydo boʻlishi bilan bogʻliq edi.