Orqaga
Klassik Maya sivilizatsiyasining tanazzuli.

1159 marta koʻrilgan

900-yil

Maya sivilizatsiyasi tanazzuli

Klassik Maya sivilizatsiyasining tanazzuli Maya sivilizatsiyasi 900-yildan keyin tanazzulga yuz tuta boshladi, buning sababi deb aholining haddan tashqari koʻpayishi, oʻrmonlarning kesilishi va ijtimoiy tizimdagi stresslar taxmin qilinadi. Klassik davrning oxiriga kelib Maya hududining chekkasida, hozirgi Chiapas va Yukatan shtatlarida bir qator muhim shaharlar paydo boʻldi. Markaziy Meksikalik bosqinchilar taʼsirida boʻlgan bu shahar xalqlari toshdan ajoyib meʼmoriy yodgorliklarni qurdilar, ammo ularning ilm va sanʼatdagi yutuqlari klassik davrning oldingi paytlariga qaraganda unchalik muhim boʻlmagan, iqtisodiyoti ham sust rivojlangan edi.

Klassik Maya sivilizatsiyasining tanazzuli.

Meksikaning Palenk (Palenque) shahridagi muzeyda mayya qabilasing loydan yasagan naqshlari / wikipedia.org

Ayni paytda, ichki fuqarolar urushi va markaziy Meksikaning bosqini Mayaning qudrati va hayotiyligini yoʼqotdi. Ispaniya istilosi paytida Maya sivilizatsiyasi butunlay tanazzulga yuz tutayotgandi, shunga qaramay mayaliklar Meksikadagi asteklar yoki Perudagi inklarga qaraganda uzoqroq qarshilik koʻrsatdilar. Shimoliy Gvatemalaga qaytib, Tayasal shahrini boshpana sifatida tashkil etgan baʼzi mayalar 1697-yilgacha oʻz mustaqilliklarini saqlab qolishdi. Uncha uzoqda boʻlmagan Lakandon Mayalar esa ispanlar davrida Usumasinta daryosi boʻylab uzoq oʻrmon va togʻli hududlarda qarshilik koʻrsatishda davom etdilar.

Klassik Maya sivilizatsiyasining tanazzuli.

Mayya niqobi, Mexiko shahridagi Milliy antropologiya muzeyi / wikipedia.org

Ispaniya istilosi bilan birga kelgan kasallik va ijtimoiy buzilishlar 16-asrda mahalliy aholining katta qismini yoʻq qildi. Markaziy Amerikaning Kolumbgacha boʻlgan aholisining soni kuchli farqlansa-da, 20-asrgacha mintaqa aholisining soni Kolumb kelgunigacha boʻlgan darajasiga yetib olmagan deb hisoblanadi.



Manba: britannica.com
Muqova surat: freepik.com