23
Ulashish
722 marta koʻrilgan
m.a. 3150–30
Qadimgi Misr sivilizatsiyasi
Qadimgi Misr yoki Misr imperiyasi — miloddan avvalgi 3150-yillarda boshlangan madaniyat va davlat boʻlib, miloddan avvalgi 30-yilgacha Rim imperiyasi tomonidan bosib olingangacha davom etgan. U Nil daryosi bo’yida rivojlangan va miloddan avvalgi II ming yillikda kuchli bo’lgan. Uning yerlari Nil deltasidan Nubiyaga, bugungi kunda asosan Sudanda joylashgan qirollikka borgan. O’z tarixining ko’p qismida Misr gullab-yashnagan edi, chunki Nil suvi misrliklarning yaxshi hosil olishini kafolatlagan. Ekinlar Nil daryosi toshqinidan keyin yetishtirilar edi. Misrliklar ierogliflardan foydalangan holda yozish usulini yaratdilar, ulkan ibodatxonalar va qabrlar qurdilar, boshqa hududlar bilan savdo qildilar va kuchli armiyaga ega edilar. Ularning dinida ko’plab xudolar bo’lib, ruhoniylari kuchli va boy bo’lishgan. Ularning fir’avnlar deb nomlangan hukmdorlari xudolarga yaqin bo’lgan deb hisoblangan.