Orqaga
Fors arman urushi sabablari.

575 marta koʻrilgan

V asr

Fors-Arman urushi

Forsliklar kuchli individualist, boʻysunmas arman xalqini assimilyatsiya qilishda vizantiyaliklar singari muvaffaqiyatli boʻlmagan. Fors sosoniylar shohi Yazdigard II arman fuqarolariga zardushtiylik dinini singdirish uchun boʻlgan notoʻgʻri urinishi 451-yilda urushga sabab boʻldi. Armanlar qoʻmondoni avliyo Vardan Mamikonyan va uning safdoshlari Avarayr jangida (451-yil 2-iyun) halok boʻlgan boʻlsa-da, forslar armanlar dinini kuch bilan oʻzgartirish fikridan qaytadi va arman urf-odatlarining bosh xoini marzpan (harbiy rahbar) Vasak Syunini taxtdan agʻdaradi.

Fors arman urushi sabablari.

Armanlar qoʻmondoni avliyo Vardan Mamikonyan / wikipedia.org

Vardanning jiyani Vahan Mamikonyan boshchiligidagi 482–484-yillarda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolon forslarga harbiy koʻmak evaziga Armaniston uchun diniy va siyosiy erkinlikni taʼminladi. Vahanning marzpan etib tayinlanishi esa armanlarga yana oʻziga oʻzi hokim boʻlishiga yordam beradi.

Fors arman urushi sabablari.

Vardanning jiyani, Vahan Mamikonyan / wikipedia.org

Armanlar oʻz mustaqilligini 554-yilda — Dvin kengashi Kalsedon kengashining (451-yil) diofizit formulasini rad etganida tasdiqlab oldi. Bu hodisa ularni Gʻarbdan uzib qoʻyuvchi qadam boʻldi. Sharqdan esa allaqachon mafkuraviy jihatdan ajralib boʻlgandi (diofizit formulasiga koʻra, Xudoning oʻgʻli Masih “chalkashliksiz, oʻzgarishsiz ajralishsiz, boʻlinishsiz” — ikki xil tabiatga ega).

536-yilda Vizantiya imperatori Yustinian I Vizantiya Armanistonini 4 provinsiyaga aylantirdi, arman zodagonlarini bostirish hamda aholini koʻchirish orqali mamlakatda ellinlashtirish ishlarini yakunladi. 591-yilda imperator Moris Sosoniylar shohi Xusrav II ga Fors taxtini egallashga yordam berishi evaziga davlat hududi sharq tomon kengayadi. Arman tarixchisi Sebeosning soʻzlariga koʻra, Moris koʻplab armanlarni Frakiyaga koʻchirganidan soʻng Fors shohiga oʻzidan namuna olish va “oramizda fitna uygʻotuvchi bu qaysar va boʻysunmas xalqni” oʻzining sharqiy frontiga jang uchun yuborishni maslahat beradi. Imperator Foka hamda Xusrav II oʻrtasidagi jang vaqtida forslar Vizantiya Armanistonini qoʻlga kiritib, bir qator marzpanlar tayinladi. Ammo 623-yilga kelib, imperator Irakliy ularni hokimiyatdan chetlatadi. 628-yilda Xusravning qulashidan soʻng forslar arman zodagoni Varaztirotz Bagratunini hukmdor etib tayinlaydi. U tez orada Armanistonni Vizantiya qoʻl ostiga oladi, ammo imperator Irakliyga fitna uyushtirgani uchun surgun qilinadi (635-yil).

Fors arman urushi sabablari.

602-628-yillardagi Vizantiya-Sosoniylar urushi / wikipedia.org

Kichik Armaniston

Buyuk Armaniston qulagach, koʻplab armanlar Gruziya, Polsha va Galisiyaga¹ koʻchib oʻtdi, arman aholisining boshqa qismi esa X asr oxirida baʼzi koloniyalar² boʻlgan Kilikiyaga (janubiy Anadoludagi geografik mintaqa) oʻtdi.


[1] Galisiya — Ispaniyaning shimoli-gʻarbidagi avtonom jamiyat (mamlakat emas).
[2] Koloniya — bir mamlakatdan boshqa bir hududga koʻchib borib oʻrnashadigan (oʻzining mamlakatiga aylantirish niyatida) odamlar guruhi.


Manba: britannica.com
Muqova surat: cloudfront.net