5
Ulashish
1023 marta koʻrilgan
395–1453
Vizantiya imperiyasi
Vizantiya imperiyasi yoki Sharqiy Rim imperiyasi — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat. Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon yarim orolining katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gurjiston, Xersones, Qibris va Krit orollari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol shahri boʻlgan. Mamlakatning nomi Bosfor sohilidagi yunon polney — Vizantiyizmdan olingan. Aholisi — yunonlar, suryoniylar, qibtiylar, armanlar, gurjlar va boshqalardan iborat boʻlgan. Davlat tili IV-VI asrlarda lotin tili, keyinchalik yunon tili boʻlgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanish darajasi, shahar turmushining joʻshqinligi jihatidan oʻsha davrda Vizantiya Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridan ancha ilgarilab ketgan edi. Arabiston, Qora dengiz boʻyi, Eron, Hindiston, Xitoy bilan savdo-sotiq bir oz koʻpaydi. Vizantiya geografik jihatdan qulay joylashganligi tufayli Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida madaniy-iqtisodiy aloqalarning kuchayishiga sabab boʻlgan, siyosiy va harbiy markazga aylangan.