Orqaga

1239 marta koʻrilgan

m. a. 1000-yil

Zardushtiylik va uning kelib chiqishi

Zardushtiylar olov, tuproq, suv va yulduzlarga sig‘inishgan, ularni muqaddas hisoblashgan. «Zardushtiylik» so’zi ham Zardusht ismidan kelib chiqqan. U mil. avv. 1-ming yillikning birinchi yarmida yashab o’tgan tarixiy shaxs. Keyinroq Yunonistonda Zardushtning ismi «Zoroastr’ shaklida jaranglaydi, negaki Yunonistonda uni birinchi galda donishmand, munajjim sifatida bilishgan. Zardushtiylik tarqala boshlagan paytlarda ibodatxonalar va odamlar duo matnlarini o’rganishi uchun maxsus kitoblar ham bo’lmagan. Diniy marosimlar ochiq osmon ostida, gulxan yonida yoki uydagi o’choq olovi atrofida o’tkazilgan.