Orqaga

203 marta koʻrilgan

224–651

Sosoniylar imperiyasi

Sosoniylar davlati — Yaqin va Oʻrta Sharqda sosoniylar sulolasi boshqargan davlat (III—VII-asrlar). 224-yil Ardashir I Parfiya shohi Artabon V ni magʻlubiyatga uchratib, 226-yil poytaxt Ktesifon shahrini egallab, yangi davlat taxtiga o’tiradi. Bu davlatning barcha hukmdorlari «shahanshoh» unvoni bilan taxtni boshqarganlar, davlat Eronshahr («oriylar podsholigi» yoki «eroniylar shoxligi») deb atalgan. Ardashir I davrida zardushtiylik davlat dini deb eʼlon etilgan, zardushtiy ruhoniylar davlatda katta siyosiy, iqtisodiy taʼsir kuchiga ega bo’lishgan, boshqa dinlar taʼqib qilingan. III asrning oxiri — IV asrning boshlarida Sosoniylar davlati inqirozi boshlangan. Bahrom II Rim bilan boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchragan. Sosoniylar davlati sharqdagi bir qancha viloyatlaridan ajragan. Shopur II davrida ular qayta bosib olingan. Mesopotamiyaning ayrim rayonlari, Armaniston podsholigining bir qismi Rim bilan boʻlgan urushlarda Sosoniylar davlati tobeligiga oʻtgan.