17
Ulashish
1038 marta koʻrilgan
1337–1453
Yuz yillik urush
Yuz yillik urush 14–15-asrlarda Angliya va Fransiya oʻrtasidagi uzluksiz kurash edi. Oʻsha paytda Fransiya Gʻarbiy Yevropaning eng boy, eng katta va eng koʻp aholisi boʻlgan qirolligi edi, Angliya esa Gʻarbiy Evropaning eng yaxshi tashkil etilgan va eng yaqin integratsiyalashgan davlati edi. Ular bir qator masalalar, jumladan, Fransiyadagi inglizlarning hududiy egaliklari va fransuz taxtiga qonuniy merosxoʻrlik haqidagi tortishuvlardan vujudga keldi.
Toʻqnashuvning birinchi bosqichida (1337–1360-yillar) fransuzlar koʻp zarar koʻrgan, lekin ikkinchi urush (1369–1396-yillar) zararni qisman qoplangan. Ammo Angliya qiroli Genrix V (1413–1422 hukmronligi)ning 1415-yilda Azenkur jangida Fransiya ustidan gʻalabaga erishadi. Natijada Fransiya ikkita bir biriga qarama-qarshi – Armagnak va Burgundiya fraksiyalarga boʻlinib ketadi. Burgundiya fraksiyasi Genrix V ning oʻgʻli Genrix VI tomonidan boshqariladi.
1420-yildagi Troya shartnomasiga koʻra, Genrix VI 7 yildan soʻng Parijda qirol sifatida tan olinishiga olib keldi. Fransiyaning tahqirlanishi 1429-yilda toʻsatdan toʻxtagan. Bunga birinchi sabab inglizlarning Orlean qamalida dehqon qizi – Janna dʼArk boshchiligidagi qoʻshin tomonidan magʻlubiyatga uchragani edi. Ikkinchi sabab esa tarixiy Reyms shahrida Karl VII ning toj kiyish marosimi edi. Keyinchalik Janna burgundiyaliklar tomonidan asir olingan va u ingliz ittifoqchilariga sotilib, 1431-yilda “bidʼatchi” ayblovi bilan qatl etiladi. Bu voqea, Fransiyaning ulugʻ maqsadi timsoli sifatidagi qadrini ikki baravar oshirgan.
1435-yilda Fransiya
1435-yilda qirol va Burgundiya gersogi – Filipp Gud oʻrtasidagi yarashuv Fransiya tiklanishi yoʻlidagi eng katta toʻsiqni olib tashlagan. Bu esa Angliya ustunligini Kale atrofidagi kichik bir hududga (1558-yilda mahrum boʻlgan) qisqartirib, Parij (1436-yil), Normandiya (1450-yil) va Gyenning (1453-yil) qaytarib olinishiga olib kelgan. Angliya ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng Fransiyaning kuchli milliy monarxiya sifatida paydo boʻlishi avvallari mustaqil Yevropa davlatlari boʻlgan Burgundiya (1477-yil) va Bretan (1532-yil) gersogliklarining qoʻshib olinishi bilan muvaffaqiyatli yakunlangan.
Yuz yillik urushdagi yoʻqotishlar, ayniqsa, 1348-yilda Italiyadan kelib, Rona vodiysi boʻylab va u yerdan butun mamlakat yoqalab tez tarqalib ketgan vabo (qora oʻlim, odatda bubonli vabo epidemiyasi deyiladi) tufayli juda katta boʻlgan. Hisob-kitobga koʻra, 1328-yilgi soliq deklaratsiyasi davrida Fransiyada taxminan 18–20 mln aholi boʻlib, 150 yildan keyin bu koʻrsatkich 50% yoki undan koʻproqqa kamaygan.
1356-yil Puatyeda fransuz qiroli – Ioann II ning asir olinishi.
Plantagenet va kapetinglar oilalari oʻrtasidagi ziddiyat Yuz yillik urush deb ataladigan davrda (aslida 1337-yildan 1453-yilgacha boʻlgan bir nechta alohida urushlar) plantagenetlar kapetinglar sulolasining Valua oilasidan Fransiya taxtini daʼvo qilgach avj olgan. Bu, shuningdek, qora oʻlim (vabo) va bir nechta fuqarolar urushi davri edi. Bu voqealardan eng koʻp Fransiya aholisi zarar koʻrgan. 1420-yilda Truas shartnomasiga koʻra, Angliya qiroli Genrix V Fransiya qiroli Karl VI ning merosxoʻri boʻlgan. Genri V Karldan uzoq yashay olmagan, shuning uchun u merosxoʻrligicha olamdan oʻtgan. Ammo uning oʻgʻli Genrix VI keyinchalik ikki katta mamlakat hukmdori sifatida Angliya va Fransiya monarxiyasini mustahkamlagan.
Yuz yillik urush davrida fransuz aholisi boshiga tushgan ogʻir sharoit fransuz vatanparvarligi tuygʻusi uygʻonishida, aynan dehqon qiz, Janna dʼArk (1412–1431-yillar) ning hissasi katta. Garchi bu munozarali boʻlsa-da, Yuz yillik urush feodal kurashning ketma-ketligi sifatida emas, balki fransuz-ingliz urushi sifatida esda qolgan. Bu urush davrida Fransiya siyosiy va harbiy jihatdan rivojlangan. Garchi fransuz-shotland armiyasi Bauj jangida (1421-yil) muvaffaqiyat qozongan boʻlsa-da, Puatye (1356-yil) va Azinkurdagi (1415-yil) sharmandali magʻlubiyat fransuz zodagonlarini uyushmagan armiyasiz maqsadiga yeta olmasligini anglashga majbur qilgan. Fransiya qiroli Karl VII (1422–1461-yillarda hukmronlik qilgan) ilk marotaba doimiy, uyushgan fransuz armiyasini tuzgan va plantagenetlarni bir marta Patayda (1429-yil) va yana toʻpdan foydalangan holda Forminda (1450-yil) magʻlub etgan. Kastiliya jangi (1453-yil) Yuz yillik urushning soʻnggi urushi sifatida qabul qilingan. Ammo Kale normand orollari plantagenetlar boshqaruvida qolgan.
Bu ham qiziq → Yuz yillik urushning boshlanishi va uning dastlabki sabablari
Manba: britannica.com Muqova surat: wikipedia.org