Orqaga

1296 marta koʻrilgan

XIV–XV

Angliya o’rta asrlar so’ngida

Yuz yillik urushlar Angliya iqtisodiyotiga ham katta zarar yetkazdi. Qirol Richard II 1377-yilda mamlakatda qo’shimcha jon solig’i joriy etdi. 1380-yilda jon boshi solig’i 3 baravarga oshirildi. Soliqni yig’ishdagi suiiste’molliklar, nohaqliklar Angliyada xalq qo’zg’oloni boshlanishiga sabab bo’ldi. Kambag’al ruhoniylar va rohiblardan xalq voizlari yetishib chiqqan. Xalq orasida katta obro’ga erishgan Jon Boll o’z va’zlarida «Odam Ato yer haydab, Momo Havo charx yigirgan paytda kim dvoryan bo’lgan!» deb aytgan kinoyali so’zlari qishloqlarda tez-tez takrorlangan.