3
Ulashish
923 marta koʻrilgan
VII asr
Tayka islohotlari
622-yilda shahzoda Shotokuning oʻlimi tufayli mukammal hokimiyat qurish gʻoyasi “meva berish” ga ulgurmadi. Oʻzining avvalgi qudratini tiklagan Soga oilasi 643-yilda Shotokuning oʻgʻli Yamashiro Oe hamda uning oilasini oʻldiradi. Biroq ayni shu vaqtda Shotokuning Xitoyga yuborgan talabalari Yaponiyaga qaytib keladi va Suy sulolasini agʻdarib, Xitoyni birlashtirgan Tang sulolasi (618–907-yillar) kuch-qudrati haqida ovoza qiladi. Bu hikoyalar ziyoli kishilarga hukumatni isloh qilish, davlat qudratini mustahkamlash va ehtimoliy tashqi kuchga qarshi tayyorgarlik koʻrish zaruratini eslatib qoʻyadi.
Sharqiy Osiyo tartibsizlik ichida qoladi. Yarimorol hukmronligi uchun Silla, Pekche va Koguryo oʻrtasidagi shiddatli kurash davom etardi. Koguryo Suyning qulashiga hissa qoʻshgan ikki yirik yurishda zafar qozonib, Tangning murosasiz raqibiga aylanadi. Yaponiya oʻzi ham bu mojaroga aralashib qolishidan xavotirda edi. Shu sababli birlashgan davlatga boʻlgan bosim kuchayadi.
645-yilda shahzoda Nakano Oe hamda Nakatomi Kamatari saroyda davlat toʻntarishi amalga oshirib, Soga oilasini qirib tashlaydi. Imperator oilasiga qarshi boʻlgan barcha kuchni yoʻq qiladi. Soʻngra imperator mutlaq monarxiya bo‘lgan markazlashgan davlat qurishga kirishadi. 646-yilda chiqqan farmonga koʻra, qudratli udjilarga tegishli yer va odamlarga boʻlgan xususiy egalik huquqi bekor qilinadi. Shu tariqa, davlat tasarrufiga olingan yer maʼlum yoshga yetganlar oʻrtasida dehqonchilik qilish huquqi bilan taqsimlanadi. Evaziga esa ijarachilar belgilangan miqdordagi soliq toʻlashi kerak edi.
Poytaxt shahar va mahalliy maʼmuriyatni oʻz ichiga olgan boshqaruv tizimida himoya va aloqa vositalari ham koʻzda tutilgan. Saroyda aholi imperatorga toʻgʻridan toʻgʻri murojaat qilish imkonini yaratuvchi “shikoyatlar qutisi” tizimi ham tashkil etilgan. Taxminan 5 yil ichida bu islohotning asosiy qismi ishlab chiqiladi. Uning natijasida nengo (yil nomi) “Tayka islohoti” nomi bilan ataladi. Biror davrga oʻsha vaqtning oʻzida nom berilishi Yaponiya tarixida ilk marotaba sodir boʻlgan edi. Sharqiy Osiyo mamlakatlarida davr nomlari mustaqil xalqning ramzi boʻlib, suveren hokimiyatning muvaffaqiyati haqida xabar beradi.
Tayka islohotidan koʻp oʻtmay, Yaponiya yana nizoga aralashib, Koreyaga qoʻshin yuborishga majbur boʻladi. 660-yilda poytaxti Tang (Xitoy) hamda Sillaga yengilgan Pekche Yaponiyani yordamga chaqiradi. Pekche bilan doʻstona aloqada boʻlgan Yaponiya ulkan qoʻshin yuboradi. Ammo 663-yilda bu qoʻshin Tang-Silla qoʻshini tomonidan Kum daryosi boʻyida tor-mor etiladi. Yaponiya butunlay chekinib, Koreya yarimoroli bilan har qanday aralashuvdan voz kechadi. Oʻsha davrdagi Yaponiya ayol imperatori Saymey 67 yosh boʻlishiga qaramay, shimoliy Kyushuga borib, vaziyatni oʻzi boshqaradi.
Saymeydan keyin Tenji nomi bilan taxtga oʻtirib, butun eʼtiborini ichki ishga qaratgan shahzoda Nakano Oe hokimiyat tepasiga keladi. Tenji kutilayotgan Tang va Silla bosqiniga qarshi Kyushuda istehkomlar qurdiradi. Tayka islohoti natijasida oʻrnatilgan tizimni davlatning amaliy ehtiyojiga moslashtiradi. Tenji oʻlimidan soʻng ukasi va amakisining tarafdorlari oʻrtasida taxt uchun davomli nizo yuzaga keladi. Bu ziddiyatda Tenji ukasi gʻalaba qozonadi va imperator Temmu sifatida kuchini hokimiyatni mustahkamlashga bagʻishlaydi.
U Ise shahridagi Shinto maqbarasi maqomini oshirib, sulola qonunchilik manbasiga aylantirdi, buddaviylikni davlat himoyasi hamda mustahkamligi vositasi sifatida butun mamlakat boʻylab targʻib qildi, millatning, jumladan, sulolaning obroʻsini oshirish maqsadida tarixni jamlashga buyruq beradi. Shuningdek, Tayka islohotini Asuka Kiyomihara kodeksi sifatida shifrlatib qoʻyadi va undan ritsuryo siyosiy tuzilmasi paydo boʻladi.
Manba: britannica.com
Muqova surat: midjourney.com