Orqaga
Rimgacha boʻlgan Galliyadagi yunonlar

1152 marta koʻrilgan

m. a. 154-yil

Rimgacha boʻlgan Galliyadagi yunonlar

Miloddan avvalgi VI asrdan boshlab, Rim paydo boʻlishidan avvalgi Galliya yunonlari turarjoy, savdo, madaniyat va Galliyaning keltlar (zamonaviy Fransiya) hududida boʻlgan qurolli to‘qnashuvning muhim tarixiga ega. Mil. av. 600-yil hozirgi Marsel (Fransiya) da fokianlar (hozirgi Focha, Turkiya) tomonidan Massaliyaning yirik savdo nuqtasi tashkil etiladi. Shu orqali massaliyaliklar mintaqa xalqlari bilan o‘zaro munosabat oʻrnatadi. Ron daryosining g‘arbiy qismi, xususan, Agd va Bezyeda ham yirik yunon koloniyalari mavjud bo‘lib, ularning ikkinchisi Marsel koloniyasidan ham kattaroq edi.

Massaliya

Marsel markazida joylashgan Jardin des Vestigesdagi yunon bandargohi qoldiqlari Rim Galliyasidan avvalgi davr eng katta yunon aholi punkti hisoblanadi. Zamonaviy Fransiyaning eng qadimiy shahri bo‘lgan Marsel miloddan avvalgi 600-yillarda Kichik Osiyoning Fokeya shahridagi yunonlar (Fukidid Bk1,13, Strabon, Afina va Yustin taʼkidlaganidek) tomonidan Massaliya nomi ostidagi savdo nuqtasi va katta bozor sifatida topilgan. Yaqinda “Beziers I” nomi bilan tanilgan Bezye shahri Marsel posyolkasidan ham oldin bo‘lgani aniqlandi. Garchi Bezye yunon koloniyasi tashkil etilganidan bir necha asrlar o‘tib, vaqtincha tashlab ketilgan bo‘lsa-da, bu Marselni Fransiyadagi ikkinchi eng qadimgi yunon koloniyasiga aylantiradi.

Mil. av. VI asrda Aristotel va lotin mualliflari tomonidan aytilgan ilk afsonada fokeyalik Protis (Yevksen o‘g‘li) mahalliy Segobrig qiroli Nannusning Giptis (yoki Petta) ismli qiziga uylangani va shu tariqa unga shahar qura oladigan yer uchastkasini olish huquqini bergani haqida hikoya qilinadi. Bir qancha rayonlarda qadimgi yunon shahri konturlari qisman qazib olingan. Fokeyalik yunonlar boshqa koloniyada bo‘lgani kabi Artemidaga sig‘inishni joriy qilgan. Ioniyalik yunonlar G‘arbiy O‘rta dengiz va Ispaniyada savdo qilgani uchun tijoratchilik aloqasi bundan ham oldinroq boshlangan deb taxmin qilinadi. Ammo o‘sha davrga oid juda kam arxeologik qoldiqlar topilgan.

Savdo-sotiq, shubhasiz, mil. av. 600-yildan boshlab, kelt va kelto-ligurlar, Marsel shahridagi yunon va ularning Agd, Nitsa, Antibes, Monako, Emporiya va Roda kabi boshqa koloniyalari o‘rtasida rivojlangan. Fokeyalik yunonlar Korsika orolidagi, xususan, Alaliya kabi aholi punktlariga ham asos solgan. Massaliyadan fokeyalik yunonlar Ispaniyaning shimoli-sharqida Emporiya va Roda shaharlariga asos solgan.

Afsonaga ko‘ra, Segobrig qirolining qizi Giptis keyinchalik Massaliyaga asos solish uchun hudud berilgan yunonlik Protisni tanlagan. Lion ko‘rfazida yunonlar ustunlikka ega bo‘lguncha savdoni asosan etrusk va karfagenliklar olib borgan. Massaliya yunonlari mintaqadagi gal va liguriyaliklar bilan tez-tez to‘qnashuvga duch kelgan. Ular VI asr oxirida (Fukidid 1.13), ehtimol, mil. av. 490-yilda karfageniyaliklarga qarshi dengiz jangida qatnashgan va tez orada Rim bilan shartnoma tuzgan.

1960-yillarda Charlz Ebelning yozishicha, Massaliya alohida yunon shahri emas edi, lekin IV asrga kelib janubiy Galliya qirg‘ogʻi bo‘ylab o‘z imperiyasini yaratdi. Ammo Massaliya “imperiyasi” haqidagi g‘oyaga so‘nggi arxeologik dalillar nuqtayi nazaridan ishonib bo‘lmaydi. Massaliyada hech qachon katta ishlab chiqarish tarmogʻi (to‘g‘ridan to‘g‘ri nazorat ostidagi qishloq xo‘jaligi hududi) bo‘lmaganini ko‘rsatadi. Biroq qo‘shimcha arxeologik topilmalar Massaliya Fransiya, Ispaniya, Monako va Korsikada o‘z tizimiga qarashli o‘n ikki shaharga ega bo‘lganini ko‘rsatadi.

Massaliya asos solgan shaharlar — Nitsa, Antibes, Monako, Le Brusk, Agd va Aleriya. Emporiya va tanga zarb qiluvchi Rodos kabi moslashuvchan avtonomiya tizimiga ega bo‘lgan kamida ikki shaharning bevosita boshqaruvi haqida dalillar mavjud. Massaliya imperiyasi dengiz va daryo bilan tutash tarqoq shaharlar guruhi bo‘lgan qadimgi dunyo yoki XIX asrning qudratli imperiyalari kabi kuchga ega emasdi. Delian ligasi dengiz bo‘ylab tarqalib ketgan tarqoq shaharlar guruhi edi. Keyinchalik u Afina imperiyasi nomi bilan taniladi. Vaqti kelib Massaliya baʼzi rimlik ota-onalar o‘z farzandini u yerga o‘qitish uchun yuboradigan madaniyat markaziga aylandi.

Eski qarashga koʻra, Transalp Galliyaning Rim tomonidan bosib olinishidan oldin Janubiy Fransiyaning ellinizmi asosan Massaliya taʼsiri bilan bog‘liq deb taxmin qilingan. Biroq so‘nggi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ellinizm g‘oyasi xayoliy bo‘lgan (bu konsepsiyaning o‘zi esa asossiz). Massaliya qudrati va madaniy taʼsiri shaharning cheklangan hududiy nazoratini namoyish qilish va mahalliy jamiyatning oʻziga xos madaniyatini ko‘rsatish orqali shubha ostida qoladi. Mahalliy gallar yunon madaniyatiga taqlid qiladigan grekofillar emasdi. Ammo ular turmushda yunon buyumlari (asosan, ichimlik uchun sopol idishlar) ni saralab ishlatgan xalq bo‘lgan.


Manbalar: worldhistory.org / wikipedia.org
Muqova surat: unsplash.com