Orqaga

860 marta koʻrilgan

XX–XXI

1991–2017-yillarda Turkiya Respublikasi

XX asrning 80-yillari oxiri–90-yillari boshlarida dunyoda yuz berayotgan siyosiy o’zgarishlar Turkiyaga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. 1989-yili taniqli islohotchi Turg’ut O’zol Turkiya Respublikasi Prezidenti etib saylandi. Saylov to’g’risida yangi qonun qabul qilinib, siyosiy partiyalar uchun bir qator yengilliklar yaratildi. Ammo bu imkoniyatdan birinchi navbatda turli islom dini tarafdorlarining partiyalari unumli foydalandi. Mustafo Kamol Otaturk davridan beri Turkiya Respublikasining dunyoviy taraqqiyot yo’lidan borishiga o’zini mas’ul hisoblab kelayotgan armiya rahbarlarining ogohlantirishiga qaramasdan, jamiyatda islomchi partiyalarning ta’siri oshib bordi.