Orqaga
Husayn Boyqaro haqida ma'lumot.

605 marta koʻrilgan

1438–1506

Husayn Boyqaro

Sulton Husayn Amir Temurning evarasi bo’lib, 1438-yil iyul (hijriy 842-yil muharram oyi)da Hirotning shimoli-sharqidagi Davlatxona saroyida dunyoga kelgan. Uning otasi G’iyosiddin Mansur Boyqaro Mirzoning uchinchi o’g’li edi. Boyqaro Mirzoning otasi esa Amir Temurning ikkinchi o’g’li Umar Shayx (1356–1394), onasi Feruzabegim esa ota tomonidan Amir Temurning katta qizi O’gi Begi xonimning o’g’li Sulton Husayn Mirzoning qizi bo’lib, Feruza begimning onasi Qutlug Sulton begim esa Amir Temurning uchinchi o’g’li Mironshoh Mirzoning (1366–1408) qizi edi. Darhaqiqat, Husayn Boyqaro Zahiriddin Muhammad Bobur ta’riflaganidek, «Karim ut-tarafayn», ya’ni har ikki tomondan ham nasabi Amir Temur Ko’ragonga borib tutashadi.