Orqaga
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida.

245 marta koʻrilgan

1483–1530

Zahiriddin Muhammad Bobur

Biografiya

Oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyot va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda, Fargʻona hokimi Umarshayx Mirzo oilasida dunyoga kelgan. Bobur ota tomondan Amir Temurning uchinchi oʻgʻli Mironshoh Mirzo naslidan boʻlsa, ona tomonidan Tugʻluq Temurxonning oʻgʻli Xizr Xoʻjaxon naslidan, uning yettinchi avlodi edi.

Yoshligi

Boburning onasi oʻqimishli boʻlgan va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo boʻyida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozil-u ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqh ilmi, arab va fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur“ („Sher“) laqabini oladi. Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur soʻfiy — Xoja Ahrorga ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi.

Ijodi

Boburning oʻz guvohligiga koʻra, shoir sifatida ijodiy faoliyati Samarqandni ikkinchi marta egallagan vaqtda boshlangan; „Ul fursatlarda birorikkirar bayt aytur edim“, deb yozadi u. Bobur 18-19 yoshlarida ruboiy va gʻazallar yoza boshlagan. Uning „Topmadim“ radifli gʻazali va „Yod etmas emish kishini gʻurbatda kishi“ misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi oʻsha yillardagi hayoti bilan bogʻliq.

Boburning uz sheʼriy asarlarini toʻplab, devon holiga keltirgan sanani koʻrsatuvchi aniq tarixiy maʼlumotlar maʼlum emas. Ammo „Boburnoma“ning 1518-1519-yillar voqealari bayoniga bagʻishlangan faslida Bobur devonini Kobuldan Samarqandga yuborganligi toʻgʻrisida soʻz boradi. Demak, shu yillarda uning devoniga tartib berilgan va mazkur devon Movarounnahrda ham tarqalgan. Hozirda uning 119 gʻazali, bir masnu sheʼri, 209 ruboiysi, 10 dan ortiq tuyuq va qitʼalari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham oʻrin olgan. Bobur lirik sheʼrlari va tarixiy “Boburnoma”sidan tashqari, islom qonunshunosligi va boshqa sohalarda ham asarlar yaratgan. 1522-yilda oʻgʻli Humoyunga atab yozgan “Mubayyin” nomli asarida oʻsha zamon soliq tizimini, soliq yigʻishning qonun-qoidalarini, shariat boʻyicha kimda qancha soliq olinishi va boshqa masalalarni nazmda izohlab bergan.

“Xatti Boburiy” deb atalgan risolasida arab alifbosini turkiy tilda, xususan, oʻzbek tili nuqtayi nazaridan birmuncha soddalashtirib berishga harakat qilgan. U tajriba sifatida “Xatti Boburiy” alifbosida Qurʼoni Karimni koʻchirgan. Boburning aruz vazni va qofiya masalalariga bagʻishlangan “Mufassal” nomli asari ham boʻlganligi maʼlum, biroq bu asar bizgacha yetib kelmagan.

Oilasi

Boburning qizi Gulbadan Begim (1522, Kobul -1603, Dexli) Markaziy Osiyodan oʻrta asrlarda etishib chiqqan yagona ayol-tarixchi.

Boshqa farzandlari: Fahr an-Nisa-begim (1502—1502), Humoyun (1508—1556), Mixr Jahon-begim, Ishan ad-Daulat-begim, Barbul-mirzo (1518—1521), Faruk-mirzo (1526—1527), Gul Barg-begim, Masuma Sulton-begim, Kamron-mirzo (1509—1557), Gul Izar-begim, Muhammad Askari-mirzo (1517—1554), Sulton Ahmad-mirzo (1517—1525), Shohruh-mirzo (1522—1527), Gul Rang-begim (1511/15 — 1534-yildan keyin), Gulchehra-begim (1515 / 17—1557), Abu Nosir Muhammad Hindol-mirzo (1519—1551), Alur-mirzo (1524—1529).

Boburning qizi, musulmon Sharqidagi yagona tarixchi ayol – Gulbadan begim otasining adabiy anʼanasini davom ettirib, “Humoyunnoma” tarixiy asarini yozdi.

Turli xotinlardan Boburning 9 oʻgʻli va 9 qizi boʻlib, ularning koʻpchiligi erta yoki goʻdakligida vafot etgan:

(1503 yildan) Oysha Sulton Begim, padishahning bosh xotini, amakivachchasi, temuriylar sultoni Ahmad Mirzoning uchinchi qizi;

Faxr an-Niso Begim (1502-1502)

(1504 yildan) Zaynab Sulton Begim (vaf. 1508), amakivachchasi, temuriylar sultoni Mahmud Mirzoning qizi;

(1507 yildan) Maham-begim (Xazrat-Volida) (vaf. 1535), Torbet-Jomlik shia shayxi Ahmadning qizi — Jarir ibn Abdulloh (Muhammad paygʻambarning arab hamkori) avlodi, temuriylar qarindoshi. Husayn Baykara;

Padishah Nosiriddin Muhammad Humoyun (1508-1556),

Mihr Jahon Begum (1515 yilgacha tugʻilgan, goʻdakligida vafot etgan),

Ishan al-Davlat Begim (goʻdakligida vafot etgan),

Shohzoda Barbul Mirzo (1518-1521),

Shahzoda Faruk Mirzo (1526-1527)

(taxminan 1507 yildan) Soliha Sulton Begim Sohiba (Oq begim), amakivachchasi, temuriylar sultoni Mahmud Mirzoning qizi;

Gul Barg-begim (Gulruh-begum) (1519-yilgacha tugʻilgan), Xoja Nur ad-din Muhammad Mirzo (Sayyid Amir)ning xotini, Xoja Ala ad-din Muhammad Mirzoning oʻgʻli,

(1508 yildan) Masuma Sulton Begim (vaf. 1509), amakivachchasi, temuriylar sultoni Ahmad Mirzoning beshinchi qizi;

Maʼsuma Sulton Begim (Choch Nur) (1509 yilgacha tugʻilgan), 1518 yildan temuriylar sultoni Badi az-Zamon Mirzoning oʻgʻli Muhammad Zamon Mirzoning xotini.

(1509 yildan) Gulruh begim (1545 yilgacha vafot etgan), ehtimol Amir Sulton Ali Mirzo Begchiqning singlisi;

Shohzoda Kamron Mirzo (1509-1557), Kobullik Navob, Qandahor (1528 yilgacha), Multan (1528 yildan), Gʻazna va Panjob (1530-1553 yillarda),

Gul Isar Begim (1515 yilgacha tugʻilgan, goʻdakligida vafot etgan),

Shohzoda Muhammad Askariy Mirzo (1517-1554), Multanlik Navob (1528 yilgacha), Chanderi (1528-1530), Sambxala (1530-1534),

Shahzoda Sulton Ahmad Mirzo (1517-1525),

Shohzoda Shohruh Mirzo (1522-1527)

(1510 y.gacha) Dildor ogʻa begim (Dildar ogʻacha), amakivachchasi, temuriylar sultoni Mahmud Mirzoning qizi;

Gul Rang-begim (Chacha Gul) (1511/15 — 1534 yildan keyin), 1530 yildan Chin-Temur-sultonning xotini (1543 yildan keyin vafot etgan), Moʻgʻuliston xoni Sulton Ahmadxon I ning 9-oʻgʻli,

Gulchehra-begim (1515/17-1557), 1530 yildan Toʻxta-Bugʻa-sultonning rafiqasi (1535-yilgacha vafot etgan), Moʻgʻuliston xoni Sulton Ahmadxon Ining 10-oʻgʻli, keyin Abbos-sulton oʻzbekning xotini

Shahzoda Abu Nosir Muhammad Hindal Mirzo (1519-1551),

Xoja Gulbadan-begim (1524-1603), “Humoyun-noma” muallifi, 1539 yildan Amir al-umara Xizr-Hojixonning (taxminan 1520-1559), Lahorlik Navob (1556) va Bihorning ikkinchi xotini. Tugʻluqtimurid Aymanning oʻgʻli Xoʻjaxon,

Shahzoda Alur Mirzo (1524-1529),

(1519 yildan) Bibi Mubarika (Begum) (vaf. 1556), Malikshoh Mansur Yusufzayning qizi;

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida.

Bobur oʻgʻli Humoyun bilan / wikipedia.org

Vafoti

1526-yil 21-dekabrda Boburga qarshi suiqasd uyushtiriladi. Mahv etilgan Ibrohim Loʻdiyning onasi oshpazlar bilan til biriktirib, uning ovqatiga zahar qoʻshtiradi. Shuning asoratimi yoki koʻp yillik mashaqqatli va qoʻnimsiz hayot taʼsirimi, har holda keyingi yillarda Bobur tez-tez kasalga chalinib turadi. 1527-yil oktabrida Bobur yana xastalikka uchragach, umrining oxirlab qolganini his etadi. Shunda Bobur oʻzi eʼtiqod qoʻygan Xoja Ahror Valiy ruhidan najot tilab, ixlos bilan uning nasrda bitilgan „Volidiya“ asarini sheʼriy tarjima qiladi. Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 47 yoshida 1530-yil dekabr oyida, Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning vasiyatiga koʻra farzandlari uning xokini Qobulga olib kelib dafn etdilar.

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida.

Bobur qabri, Kobul / wikipedia.org

Xotira

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga koʻra 1993-yilda Bobur tavalludining 510 yilligi tantanali nishonlandi. Andijon shahrida Bobur nomida  teatr, kutubxona, milliy bogʻ („Bogʻi Bobur“) bor. Bobur milliy bogʻi majmuasida „Bobur va jahon madaniyati“ muzeyi, shoirning ramziy qabr maqbarasi bunyod etilgan. Shahar markazida (muallifi Ravshan Mirtojiyev) va Bobur bogʻidagi yodgorlik majmuida (muallifi Qodirjon Salohiddinov) shoirga haykal oʻrnatildi. Andijondagi markaziy koʻchalardan biriga, shuningdek Toshkentdagi istirohat bogʻi va koʻchaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bogʻiga Bobur nomi berildi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali taʼsis etildi.

Bu ham qiziq→ Zahiriddin Muhammad Bobur — buyuk davlat arbobi va mutafakkir



Manba: wikipedia.org / britannica.com / “Maʼnaviyat yulduzlari” kitobi
Muqova surat: i.pinimg.com