5
Ulashish
888 marta koʻrilgan
m. a. 55; m. 130-yil
Britaniyaning Rim tomonidan zabt etilishi
Fath etish
Yuliy Sezar mil. av. 58–50-yillarda Galliyani bosib oladi va mil. av. 55 yoki 54-yillarda Britaniyaga bostirib kiradi va orol shu tariqa Rim dunyosi bilan yaqin aloqaga kirisha boshladi. Sezarning Britaniya bosqini paytida yozgan orol haqidagi tavsifi — bizgacha saqlanib qolgan, birinchi izchil hisobot. Britaniyada taxminan mil. av. 20-yillardan boshlab, ikki asosiy hokimiyatni ajratib koʻrsatish mumkin. Biri Sezar dushmani Kassivelaun vorisi Tassiovan boshchiligidagi Temza shimolida joylashgan katuvellaunlar va ikkinchisi daryoning janubidagi Kommiy va uning oʻgʻillari Tinkommiy, Eppil va Verika rahnamoligidagi atrebatlar qirolligidir.
Milodiy 5-yilda Tasstiovanning oʻrniga taxtga uning oʻgʻli Kunobelin keldi. U oʻzining uzoq hukmronligi davrida butun janubi-sharqiy hudud ustidan hukmronligini oʻrnatdi va Kamulodun (Kolchester) dan turib qirollikni boshqardi. Bu qirollikdan tashqarida hozirgi Norfolk hududida, Midlendsdagi korieltavilar, Glostershir hududidagi Dobunilar (Dobunni) va Dorset tumanidagi Durotridjalar ham joylashgan boʻlib, ularning barchasi tanga zarb etgan. Ehtimol, Belgiya hukmdorlari tomonidan boshqarilgan ham. Bu davlatlar ortida yana boshqa mustaqil qabilalar — Devondagi dumnoniy, shimoldagi brigant va Uelsdagi silur va ordovitlar oʻrnashgandi. Belgiya va yarim belgiya qabilalari keyinchalik Britaniyadagi Rim provinsiyasining rivojlangan markazini tashkil etdi. Shu tariqa Rim Britaniyasi rivojiga katta hissa qoʻshdi.
Sezar ingliz qabilalari bilan oʻrnatgan vassallik munosabati imperator Avgust tomonidan kengaytiriladi. Xususan, atrebat rahbarlari katuvellaun ekspansiya (Davlatning oʻz siyosiy va iqtisodiy taʼsir doirasini kengaytirish yoʻlidagi harakati) ga qarshilik koʻrsatishda Rim yordamini mamnuniyat bilan qabul qildi. Imperator Klavdiyning orolni zabt etish haqidagi qarori ham uning shaxsiy tashabbusi, ham Britaniya bosqinchiligi natijasi edi. Verikalar esa oʻz qirolligidan haydab yuborilgan va yordam soʻrab murojaat qilgandi. Ularni quvib chiqargan katuvellaunlarning dushmanlarga xos hukmronligi Kanal boʻylab barqarorlikka xavf tugʻdirishi mumkin deb hisoblangan. Avl Plavtiy boshchiligida 4 legiondan iborat armiya va imperiyaga boʻysunuvchi jangovar qabilalar orasidan tanlab olingan otliq hamda piyoda askarlardan iborat bir qator yordamchi qoʻshin toʻplandi. Qoʻshinining okeanni kesib oʻtishni istamasligi sababli harbiy yurish kechikib ketdi, chunki jangchilar oʻsha paytda okeanni insoniyat dunyosi chegarasi deb hisoblagan.
Nihoyat, qoʻshin milodiy 43-yilda Kentning Richboro shahriga kelib, shu yerga oʻrnashadi. Kunobelin oʻgʻil va vorislari, Togodumna hamda Karataklar qoʻli ostidagi inglizlar shoshib qoladi va magʻlubiyatga uchraydi. Ular Rochester yaqinidagi Meduey oʻtish joyini himoya qilish uchun ortga chekinadi, ammo ogʻir jangdan keyin yana magʻlubiyatga uchraydi. Kamulodunga boradigan yoʻl ochiq edi, lekin Plavtiy Temzada toʻxtab, harbiy yurishning yakuniy bosqichiga shaxsan rahbarlik qilgan imperator kelishini kutib turdi. Qisqa fursat ichida britanlarning asosiy harbiy kuchlari tor-mor etildi. Togodumna oʻldirilgan, Karatak esa Uelsga qochib ketgandi. Britaniyaning qolgan qismi hech qachon birlashmagan, chunki Belgiya hududini bosib olishi keskinlikni keltirib chiqargandi. Baʼzi qabilalar jang qilmasdan bosh egadi. Qolganlarini boʻysundirish esa keyingi 44-yilga “vazifasi” boʻlib qoladi. Shu maqsadda yakka legionlardan yoki ularning yordamchilari (qoʻshimcha ittifoqchi qoʻshinlar) bilan birga legionlarning bir qismidan iborat kichikroq nazorat kuchi tuziladi. Eng yaxshi hujjatlashtirilgan kampaniya bu — Chichesterdan boshlanadigan legat Vespasian boshqaruvi ostidagi Legion II. Aynan, shu yerda Atrebatik qayta tiklangan edi.
Kampaniya natijasida Uayt oroli bosib olindi va Dorset tepalik qalʼalari qisqartiriladi. Legion IX Linkolnshirga, Legion XIV esa Midlend boʻylab Lester tomon yoʻl oladi. Kolchester asosiy harbiy istehkom edi, biroq vaqtda yakka legionlarning tayanch qalʼalari hali aniqlanmagandi.
47-yilga kelib, Ostoriy Skapula oʻrnini egallagan Plavtiy qoʻmondonlik lavozimiga tayinlanganidan keyin Fossa yoʻli deb nomlanuvchi yoʻl yoqasida Ekseterdan Hambergacha boʻlgan hududda chegara oʻrnatildi. Bu faktdan koʻrinib turibdiki, Klavdiy butun orolni emas, balki faqat haydaladigan va ishlov beriladigan janubi-sharqiy qismni imperiyaga qoʻshib olishni rejalashtirgan xolos. Karatak tomonidan qoʻzgʻatilgan Uels qabilalarining murosasizligi Skapulaning Fossa yoʻlidan Severn daryosigacha boʻlgan pasttekislikni egallashiga va oʻz kuchini silura va ordovika qabilalari bilan kurash uchun ushbu hududga olib borishiga sabab boʻladi.
Milodiy 49-yilda Kamulodunda harbiy faxriylar qishlogʻi (koloniyasi) ga asos solish sharti bilan ozod qilingan Legion XX ning harbiy siyosatiga qoʻshilishi ortidan Rim qoʻshini qudrati yanada mustahkamlanadi. Koloniya strategik zaxira vazifasini bajargan, shuningdek, britaniyaliklarga Rim shahar tuzilishi va ular kechiradigan hayot namunasini koʻrsatgan. Imperatorga hurmat bajo keltirish uchun viloyat markazi ham tashkil etiladi. Skapulaning oʻng qanoti mustahkamligi brigantlar qirolichasi Kartimandua bilan tuzilgan shartnoma vositasida taʼminlangan. U boshchilik qilgan qirollik Britaniyadagi eng katta qirollik boʻlib, maydoni Derbishir va Tayn oʻrtasidagi butun katta hududni egallagan edi. Afsuski, qirollikda yetarli darajada barqarorlik yetishmagan va qirolicha Britaniya qarshilik kuchi rahbari – Karatakni rimliklarga asir qilib topshirgani sababli oʻz mashhurligi va hurmatini yoʻqotgandi. Bunday qirolicha atrofida qabilalar birlashmadi. Shunga qaramay, vaqti-vaqti bilan koʻrsatilgan Rim harbiy yordami bilan Kartimandua oʻzining eri Venutsiy boshchiligidagi muxolifatga qarshi kurashadi. Hokimiyatda yetarlicha uzoq vaqt, yaʼni 69-yilgacha qoladi va bu Rim gubernatorlariga asosiy eʼtiborni Uelsga qaratish imkonini beradi.
Milodiy 60-yilga kelib, koʻp narsaga erishildi. Svetoniy Paulin 59–61-yillarda gubernatorlik vazifasini bajaradi va britan qabilalari mustaqilligining soʻnggi qoʻrgʻoni boʻlmish Anglsi oroliga bostirib kiradi. Ammo u jiddiy muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Uning hujumi ortidan Itseni qabila malikasi — Boudikka qoʻzgʻolon qoʻzgʻolon koʻtaradi. Qabila qiroli Prasutag boshqaruvi davrida Itseni qabilasi ittifoq va mustaqillik mavqeiga ega edi. Lekin uning oʻlimidan soʻng (milodiy 60-yil) hudud majburan qoʻshib olinadi va tartibsizlik yuz bera boshlaydi. Boudikka boshqa qabilalarni yordam berish va atrofiga yigʻishiga muvaffaq boʻladi. Yordamga chopgan qabilalarning eng kattasi Esseksning trinovantlar qabilasi edi. Ular Kamulodunga kelib oʻrnashgan koʻchmanchilardan, qabilaga tegishli yerni takabburlik bilan tortib olganligi uchun norozi boʻladi. Rim qoʻshini uzoqda va tarqoq edi. Tinchlik oʻrnatilguniga qadar isyonchilar Kamulodun, Verulamium (Sent Olbans) va Londonni istilo qiladi. Ular Britaniya romanlashtirilgan shaharlarning 3 asosiy markazi edi. Paulin oʻzi erishgan gʻalabasidan keyin qattiqqoʻllik bilan ish tutadi, biroq viloyat prokuratori Yuliy Klassian daromadni hisobga olgan holda va kelib chiqishi gallardan boʻlgani uchun Rim bilan oʻziga xos hamkorlik toʻgʻrisidagi aniq yoʻnalishdagi rejaga ega boʻlgani uchun eʼtirof qozonadi.
Bosqinning dastlabki 20 yilida Rim tamadduni tarqalishi boʻyicha maʼlum yutuqqa erishiladi. Shaharlar barpo etiladi, imperator kulti oʻrnatiladi va savdogarlar britaniyaliklarni moddiy manfaatga jalb qilish bilan band boʻladi. Biroq Flavian (milodiy 69–96-yillar) davrigacha rimlashtirish borasida pichoqqa ilinadigan natijaga erishilmadi.
Yuliy Frontin (74–78-yillarda gubernator) tomonidan Uels bosib olinishi va Gney Yuliy Agrikolaning (78–84-yillarda gubernator) Shimoliy Shotlandiya tomon yurishi bilan Britaniya janubidan qoʻshin chaqirib olinadi. Oʻzini-oʻzi boshqaradigan shaharlar, mahalliy qabilalarning bir qismi joylashgan, eng katta maʼmuriy hudud boʻlgan markaz mahalliy boshqaruv ixtiyoriga topshiriladi. Bu jarayon urbanizatsiya (shaharlashtirish) va taʼlimning milodiy 2-asrgacha davom etgan katta dasturiy davrini oʻz ichiga oldi. Tatsit oʻzining “Agrikola” tarjimai holida unga koʻrsatilgan qoʻllab-quvvatlashni taʼkidlaydi. Rimning Uelsni zabt etishi 78-yilga kelib yakunlandi. Lekin Agrikolaning Shotlandiyaga bostirib kirishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Chunki ishchi kuchi yetishmasligi orolni bosib olishga toʻsqinlik qiladi. Bundan tashqari, Britaniya garnizoni qitʼadagi ehtiyoj tufayli bitta legionga qisqartirilganda (milodiy 90-yil), shimolda chegarani saqlab qolish kerakligi ayon boʻladi. Bir qancha tajribadan soʻng chegara chizigʻi sifatida Soluey-Tayn tepaligi tanlab olinadi. Imperator Adrian shu yerda oʻzining tosh devorini quradi (taxminan 122–130-yillar).
Manba: britannica.com
Muqova surat: pexels.com / pexels.com