Orqaga
840-yildan keyingi imperiya.

1059 marta koʻrilgan

840-yil

840-yildan keyin boʻlingan imperiya

Buyuk Karlning bir nechta o‘g‘li bo‘lgan, lekin undan faqat bittasi omon qolgan. Tirik qolgan o‘g‘il — Lyudovik Taqvodor otasiga ergashib, birlashgan imperiya hukmdori bo‘lgan. Ammo yagona merosxo‘rlik maqsaddan ko‘ra, tasodif bo‘lgan. Lyudovik 840-yilda vafot etganida, karolinglar qisman meroslik odatiga amal qilgan. 3 o‘g‘il o‘rtasidagi qisqa fuqarolar urushidan so‘ng 843-yilda imperiyani 3 ga bo‘lgan va Verden shartnomasi tuzilgan.

Lyudovikning omon qolgan to‘ng‘ich o‘g‘li — Lotar I imperator bo‘lgan. Lekin amalda faqatgina O‘rta Fransiya yoki O‘rta franklar qirolligi hukmdori bo‘lib, Markaziy yoki O‘rta franklar qiroli sifatida tanilgan. Uning 3 o‘g‘li o‘z navbatida bu qirollikni Lotaringiya (markaziy), Burgundiya va (shimoliy) Italiya Lombardiyasiga bo‘lgan. Turli madaniyat, xalq va urf-odatga ega bo‘lgan bu hudud keyinchalik alohida qirollik sifatida yo‘q bo‘lib ketgan. Ular oxir-oqibat Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Lotaringiya, Shveytsariya, Lombardiya va Fransiyaning Ron havzasi va Yura massivi bo‘ylab turli departament sifatida vujudga kelgan.

Lyudovikning ikkinchi oʻgʻli – Lyudovik Nemis Sharqiy frank qirolligi yoki Sharqiy Fransiya qiroli boʻlgan. Bu hudud keyinchalik Muqaddas Rim Imperiyasining yadrosini tashkil etgan Germaniya qirolligi orqali Lotarning O‘rta frank qirolligidagi baʼzi qo‘shimcha yeri bilan kengaytirilgan. Bu hududning aksariyati hozirgi Avstriya, Shveytsariya va Germaniyadir.

Uning 3-o‘g‘li – Karl Kal (Charles the Bald) G‘arbiy franklar qirolligi yoki G‘arbiy Fransiya qiroli bo‘lgan. Bu hudud — bugungi janubiy va g‘arbiy Fransiyaning ko‘p qismi kapet sulolasi qo‘l ostidagi keyingi Fransiya uchun asos bo‘lgan.

Keyinchalik mazkur bo‘linishlar Mersen shartnomasida (870-yil) Lotaringiya zarariga qayta tiklangan. 884-yil 12-dekabrda Karl Baqaloq (Charles the Fat, Lyudovik Nemisning o‘g‘li) Burgundiyadan tashqari, Karolingiya imperiyasining ko‘p qismini birlashtirgan. 887-yil oxirida uning jiyani Arnulf Karintiya qo‘zg‘olon ko‘targan va Sharqiy franklar qiroli unvonini olgan. Karl Baqaloq nafaqaga chiqqan va ko‘p o‘tmay 888-yil 13-yanvarda vafot etgan.

Parij grafi – Odo g‘arbda hukmronlik qilish uchun tanlangan va keyingi oyda toj kiygan. Bu paytda G‘arbiy Fransiya g‘arbda Neystriya va sharqda Fransiyaga tegishli Maas va Sena o‘rtasidagi mintaqadan iborat edi. Karolinglar o‘n yil o‘tgach, G‘arbiy Fransiya g‘arbda Neystriya va sharqda Fransiyaga tegishli Maas va Sena o‘rtasidagi mintaqadan iborat edi. Karolinglar o‘n yil o‘tgach, G‘arbiy Fransiyada qayta tiklangan. Ular oxirgi franklar qiroli – Lyudovik V vafot etgunga qadar, yaʼni 987-yilgacha hukmronlik qilgan.

G‘arbiy Fransiya Karl Kal nazorati ostidagi yer edi. Bu zamonaviy Fransiyaning nishonasidir. U quyidagi yirik feodallarga (nazorati qo‘lida bo‘lgan hudud) bo‘lingan: Akvitaniya, Britaniya, Burgundiya, Kataloniya, Flandriya, Gaskon, Gotiya, Ile-de-Frans va Tuluza. 987-yildan keyin qirollik Fransiya deb nomlana boshlagan. Chunki yangi hukmron sulola (kapetinglar) dastlab Ile-de-Frans gersoglari edi.

O‘rta Fransiya Sharqiy va G‘arbiy Fransiya o‘rtasida joylashgan, Lotar I tomonidan boshqariladigan hudud boʻlgan. Italiya qirolligi, Burgundiya, Provans va Avstriyaning g‘arbiy qismini o‘z ichiga olgan qirollik – Verdun shartnomasining g‘ayritabiiy yaratilishi bo‘lib, tarixiy yoki etnik o‘ziga xoslikka ega emas edi. Qirollik 869-yilda Lotar II vafotidan keyin Lotaringiya, Provans (Burgundiya va Lotaringiya o‘rtasida bo‘lingan) va Shimoliy Italiyaga bo‘lingan.

Sharqiy Fransiya Lyudovik Nemis mamlakati edi. U 4 gersoglikka boʻlingan: Shvabiya (Alamanniya), Frankoniya, Saksoniya va Bavariya. Lotar II oʻlimidan soʻng Lotaringiyaning sharqiy qismi qo‘shilgan. Bu boʻlinish 1268-yilgacha, yaʼni gogenshtaufen sulolasi tugagunga qadar davom etgan. Otton I 962-yil 2-fevralda toj kiyib, Muqaddas Rim imperiyasining boshlanishini belgilab bergan. X asrdan boshlab Sharqiy Fransiya Tevton qirolligi yoki Germaniya qirolligi nomi bilan ham tanilgan. Bu atama saliyan sulolasi davrida keng tarqalgan. Muqaddas Rim imperatori unvoni Konrad II dan boshlab ishlatib kelingan.



Muqova suratlar: britannica.com / midjourney.com