5
Ulashish
902 marta koʻrilgan
1926–2022
Yelizaveta II
Yelizaveta Aleksandra Meri ingliz qiroli Georg VI qizi boʻlib, Vindzorlar sulolasiga mansub edi. U qirol boʻlishi moʻljallanayotgan amakisi, yaʼni otasining katta akasi ajrashgan amerikalik qizga uylanish uchun taxtdan voz kechganida taxt merosxoʻriga aylangan edi. Yelizaveta qizlarning toʻngʻichi boʻlib, oʻn yoshidanoq oʻzining yangi vazifasiga tayyorlana boshlagandi. Shotlandiyalik graf oilasidan kelib chiqqan ona qirolicha Yelizavetaning toʻngʻichi, Uels shahzodasi Charlzning ustoziga aylanadi. Yelizavetaning bolaligi London yaqinidagi Vindzor qasrida oʻtgan edi. U juda ajoyib uy taʼlimi olgandi.
Urush yillarida boʻlajak qirolicha oʻzini haqiqiy vatanparvar sifatida koʻrsatadi va yordamchi qoʻshin tarkibiga kirib, harbiy texnika taʼmiri boʻyicha mexanik taʼlimini oladi. U yerda 1945-yilning mart oyidan may oyigacha, yaʼni urush oxirigacha xizmat qiladi. 1947-yilda Yelizaveta ingliz dengiz ofitseri va grek qirollik nasli aʼzosi Filipp Mauntbettenga turmushga chiqadi. Shu vaqtdan boshlab, Filipp Edinburg gersogi unvonini olib, shahzodaga aylanadi. Bu voqeadan biroz oʻtib, ota qirolning sogʻligi yomonlashadi va yosh juftlik tez-tez rasmiy qabullarda uning oʻrnini egallab turadi.
1952-yilda Georgning vafotidan keyin Yelizaveta rasmiy ravishda uning davomchisiga aylanadi. Qirolicha Yelizaveta II’ning taxtga oʻtirish marosimi 1953-yil 2-iyunda, Vestminster abbatligida boʻlib oʻtadi. Qirolicha Birlashgan Qirollikning rasmiy rahbari hisoblanadi. Qirolicha bosh vazirni, yaʼni saylovlarda gʻalaba qozongan boshqaruvchini tayinlaydi, lekin real hukumatga, bosh vazir va parlamentning huquqlariga ega boʻlmaydi. Lekin qarorlarni rasmiy ravishda tasdiqlab beradi va ular qirolichaning nomidan eʼlon qilinadi. Qirolicha Yelizaveta davlat boshqaruvi bilan shugʻullanmagan deb boʻlmaydi.
U kuniga bir necha soatni ish stolida oʻtkazgan, ham ichki, ham tashqi siyosatni birdek tushunib, bosh vazir bilan boʻladigan, har haftalik anʼanaviy suhbatda unga ancha mulohazakor maslahatlar berib, oʻzida paydo boʻlgan savollarni muhokama qilgan. Hatto, Angliya bosh vaziri boʻlgan vaqtida “temir ayol” nomini olgan Margaret Tetcher ham qirolichaga yuksak hurmat bilan munosabatda boʻlgan va bu haqida bir necha bor oʻz intervyularida aytib oʻtgan. Margaret Tetcherning fikriga bemalol qoʻshilsa boʻladi, chunki u qirolicha bilan deyarli tengdosh boʻlgan (yosh orasidagi farq bor-yoʻgʻi bir yilni tashkil qiladi, bundan tashqari Tetcher katta siyosatga Yelizaveta bilan deyarli bir vaqtda kirib kelgan. Shu sababdan uning o‘zi va ishlash uslubini yaxshi biladi.
Shunday qilib, Tetcher qirolicha Yelizavetani doimo mamlakatda va chet elda nima boʻlayotganidan xabardor boʻlgan, nozik tahlil qila olish qobiliyatiga ega va siyosat hamda iqtisodiyotning muhim muammolari yuzasidan oʻz fikriga ega va siyosat hamda iqtisodiyotning muhim muammolari yuzasidan oʻz fikriga ega deb hisoblagan. Qirolichaning 1997–2007-yillardagi Buyuk Britaniya bosh vaziri Toni Blar bilan ham xuddi shunday hurmatga asoslangan munosabati boʻlgan. Har qanday hukmdor shaxsning hayotida ijtimoiy burchlar alohida oʻrin egallaydi. Ingliz qirolichasida bunday burchlar juda ham koʻp edi. U koʻplab xayriya tashkilotlarining homiysi boʻlgan va shunga oʻxshash anchayin ogʻir majburiyatlarga juda jiddiy qaragan.
Yelizaveta deyarli butun dunyoni aylanib chiqqan va turli davlatlarga rasmiy tashriflar uyushtirgan. Ingliz qirolichasi tashrifining oʻziyoq nafaqat doʻstona aloqalarning oʻrnatilishi garovi boʻlgan, balki u yoki bu davlatdagi barqarorlik koʻrsatkichi hisoblangan. Protokolga koʻra, qirolicha bir davlatga faqat bir marotaba, rasmiy tarzda borishi mumkin edi. Lekin norasmiy shaxs sifatida, shaxsiy tashrif yuzasidan istaganicha borib kela olgan. Yelizaveta shunday imkoniyatdan Amerika koʻchalarida dugonasi bilan mashinada sayr qilish uchun foydalangan. Yelizaveta uchun sayohatlar alohida bir ishtiyoq turi boʻlgan, u yodgorliklarni tomosha qilish va insonlar bilan norasmiy vaziyatlarda suhbatlashishni yoqtirgan.
Bundan tashqari, qirolichaning it va otlarga oʻzgacha mehri boʻlgan. Qirollik otxonasida ajoyib poyga otlari saqlangan, oʻzining itlaridan biri – zotli pudel kuchukchasini qirolicha rus balerinasi — Galina Ulanovaga sovgʻa qilgan. Qirolicha Yelizaveta bor kuchi bilan asrlar davomida shakllangan qirollik boshqaruvi qoidalariga amal qigan boʻlsa ham, oʻzi konservator boʻlmagan va zarur kelganda ularni oʻzgartirishi mumkin boʻlgan. Qirollik avlodida u ilk bor qirol oilasi aʼzolari ozod qilingan gʻaznaga soliq toʻlashni tiklagan va oʻgʻli Charlzni ham bunga majburlagan edi.
Yelizaveta bir necha koʻchmas mulk va qimmatbaho buyumlarga ega, dunyoning eng boy ayollaridan biri boʻlgan. Qirolicha ingliz soliq toʻlovchilari yukini yengillatish uchun yana bir qadamni tashlagan. Oʻzining rasmiy yashash joyi — Bukingem saroyidagi yongʻindan soʻng qirolicha saroyni maʼlum toʻlov evaziga, maxsus kunlarda qirollar qanday yashashini tomosha qilishi uchun tashrifchilarga ochib qoʻygan.
Yelizavetaning oilasi katta boʻlib, uch oʻgʻli va bir qizi bor. Toʻngʻich farzandi Charlzning ikki oʻgʻli boʻlib, Buyuk Britaniya qirollik sulolasi merosxoʻrsiz qolmasligi aniq. Shu sababdan ham Yelizaveta boʻsh vaqtini nabiralari bilan oʻtkazgan. Britaniyaliklar keyinchalik ham taxtga nisbatan avvalgi hurmatni saqlab qolishadimi, yoʻqmi buni aytish qiyin.
Yelizavetaning 80-yillardagi boshqaruvi davrida ham eski qirqta Britaniya koloniyasi, protektor va mandatosti hududlari mustaqil davlatlarga aylangan. Lekin ular Britaniya hamdoʻstligi tarkibiga kirgan va Yelizaveta ularning rasmiy hukmdori boʻlgan. Yelizaveta oʻz unvoniga muvofiq doim tartibli va nafis kiyingan. Uning hamma liboslari rang uyg‘unligiga koʻra tanlangan. U biror davlatga rasmiy tashrif bilan borganida oʻsha davlatning bayrogʻidagi rangga monand kiyingan.
Muqova surat: wikipedia.org