1
Ulashish
909 marta koʻrilgan
1800–1877
Uilyam Talbot
Uilyam Foks Talbot yoshligidan ilm-fanga juda qiziqar, uni hammasidan koʻproq kimyo fani oʻziga tortardi. Aytishlaricha, u maktabda butun vaqtini kimyo xonasida oʻtkazgan va shu qadar koʻp tajribalar qilganki, ular koʻpincha portlash bilan yakunlangan. Oxirgi portlashdan keyin Talbotga laboratoriyaga kirish taqiqlangan. Ammo u qishloq temirchisi bilan doʻstlashib oladi va uning ustaxonasida sevimli mashgʻulotini davom ettiradi. “Temirchi menga istagancha portlatishga ruxsat berdi”, — deb eslaydi Talbot. 1833-yil yozida Italiyaga sayohati davomida u fotografiyaga qiziqib qoladi.
Italiyada u birinchi marta obskura kamerasi (obʼyektlarning optik tasvirini oluvchi eng oddiy turdagi qurilma)ni koʻrdi va undagi rasmlarni qogʻozga oʻtkazish yoʻlini topishga qaror qildi. Aytish kerakki, Dager va Nyeps (fransuz ixtirochilari) kashfiyotlaridan keyin koʻplab ixtirochilar ularni takomillashtirish bilan shugʻullandi. Avvalo ular kumush plastinkalardan voz kechishga intildi, chunki u juda qimmat edi. Koʻp tajribalardan soʻng Talbot bu muammoni hal qilishga muvaffaq boʻldi. U kumush emas, balki yorugʻlikka sezgir qatlam surtilgan shisha plastinkadan foydalanishni taklif qildi.
Dastlab u kumush tuzlari sezgirlik beradigan tuxum oqidan iborat edi. Bu noqulay edi, chunki syomkadan oldin tuxum oqini namlash kerak edi. Talbotning ixtirosi shundan iborat ediki, u tuxum oqining oʻrniga quruq shaklda ham yorugʻlikka sezgirlikni saqlab qoladigan jelatindan foydalana boshladi. U ixtiro qilgan plastinkalar yetarlicha yuqori sifatli tasvir olish imkonini berdi, eng muhimi, ulardan istalgan joyda va istalgan vaqtda foydalanish mumkin edi. Ikkinchi muammo qogʻozga tegishli boʻlib, buni ham Talbot hal qildi.
Nemis professori Zukov va shotland ixtirochisi Mungo Pontonning ixtirosidan foydalanib, u qogʻozni yorugʻlikka sezgir jelatin qatlami bilan yopdi. Taʼsir qilgandan soʻng yorugʻlik tekkan joylar jigarrang tusga kirdi. Shu tarzda 1-pozitiv paydo boʻldi. Ammo Talbot shu bilan toʻxtab qolmadi. Tajribalarni davom ettirib, u xrom tuzlari bilan ishlangan jelatin ham yorugʻlikka sezgir boʻlib qolishini aniqladi, u suvda erimasdi. Talbot bu xususiyatdan fotografiya yordamida chop etish uchun forma yaratishda foydalandi.
Bunday qogʻozga rasm tushirilib, soʻngra u suvda yaxshilab yuvilganda, oz sonli bosma shakllar hosil boʻldi. 1851-yilda olim ushbu usulni patentladi, u tez orada fransuz kimyogari Lui-Alfons Puatven tomonidan takomillashtirildi va gektografiya (nusxa koʻchirish mashinasida nusxa koʻchirish) deb nomlandi. Shunday qilib, Talbot obskura kamerasi yordamida suratga olish orzusini amalga oshirdi.
Muqova suratlar: dic.academic.ru / wikipedia.org