Orqaga
Panipat jangi. Panipat jangi tafsilotlari. Dehli sultonligining qo'lga olinishi. Temur panipat jangidagi usullari. Panipat jangi haqida.

77 marta koʻrilgan

XIV asr

Temurning Dehliga yurishi

Panipat janglari 1398-yil 17-dekabrda boʻlib oʻtgan. Temur koʻtarilishi mumkin boʻlgan qoʻzgʻolondan qoʻrqib, avvalgi hind yurishlarida asirga olingan 100 000 nafarga yaqin qulni qirib tashlaydi. Sulton Nosiruddin Mahmudshoh Tugʻloq hamda Mallu Iqbolning qoʻshinida zirhlangan va tishlariga zahar surtilgan jangovar fillar bor edi. Temuriylar qoʻshini fillardan qoʻrqqani tufayli Temur oʻz askarlari joylashgan joyga xandaq qazishni buyuradi. Bundan tashqari, Temur fillarga osongina vahima tushirish mumkinligini tushunib yetgandi. Shuning uchun u tuyalariga juda koʻp oʻtin va pichan yuklashni buyurdi.

Jangovar fillar maydonga tushganida esa Temur pichanga oʻt qoʻyib, tuyalarni temir tayoq bilan turtib qoʻyadi. Natijada ogʻriqdan qichqirgan tuyalar fillarga hujum qilishga majbur boʻladi.Orqasidan olov sochayotgan tuyalarning gʻalati manzarasiga duch kelgan fillar ortiga burilib, oʻz qatorlari tomon qocha boshlaydi. Temur Nosiruddin Mahmudshoh Tugʻloq qoʻshinida yuzaga kelgan tartibsizlikdan foydalanib, osongina gʻalabaga erishadi. Nosiruddin Mahmudshoh Tugʻloq esa qolgan askarlari bilan qochib ketadi.

Dehli sultonligining qoʻlga olinishi Temurning eng yirik hamda oʻsha davrning eng halokatli gʻalabalaridan biri boʻlgan. Chunki Dehli dunyodagi eng boy shaharlardan biri edi. Jangdan soʻng shahar talon-taroj qilinib, vayronalar ichida qoldiriladi, aholisi esa asirga olinadi. Shahar magʻlubiyatga uchragach, fuqarolar turkiy-moʻgʻullarga qarshi qoʻzgʻolonlar koʻtara boshlaydi.

Bu isyonlar shahar devorlari ichida kechgan qonli javob qirgʻinlariga sabab boʻladi. Dehlidagi 3 kunlik gʻalayondan soʻng shahar chiriyotgan murdalar hidiga toʻlib ketgani, halok boʻlganlar boshlaridan imoratsimon obyekt qurilgani, tanalari esa qushlarga yemish boʻlishi uchun qoldirilgani aytiladi. Dehlining Temur tomonidan bosib olinishi hamda vayron qilinishi Hindistonni uzoq vaqt davomida yemirib kelgan tartibsizlikni keltirib chiqardi. Shahar esa oʻzini qariyb 1 asrdan soʻnggina tiklay oldi.



Manbalar: wikipedia.org / britannica.com
Muqova surat: midjourney.com