4
Ulashish
1106 marta koʻrilgan
1926–1962
Merilin Monro
Merilin Monroning (haqiqiy ismi — Norma Jin Beyker Martenson) hayoti doim noqobil oiladan chiqqan qizcha, oʻz mehnati va goʻzalligi bilan olamshumul mashhurlikka erishishi haqidagi amerikancha orzuning amalga oshgan timsoli edi. Aslida esa aktrisaning hayoti — taqdir bir shaxsga joylagan oddiy amerikalik qiz Norma Jin va aktrisa Merilin Monroning tinimsiz ichki kurashi.
Boʻlajak aktrisa hayotining ilk toʻqqiz yilini oʻgay ota-ona bilan oʻtkazgan. Keyin qizni mehribonlik uyiga topshirishadi, u oʻsha yerda maktabga bora boshlaydi. Norma Jin yaxshi oʻqirdi, lekin doimiy yashash joyiga ega emasdi. Bir mehribonlik uyida, bir dugonasining onasi Greys Marki qaramogʻida boʻlgani uchun maktabni ham bitira olmaydi. Mehribonlik uyi va hashamatli amerikancha uy orasidagi farq juda katta boʻlgani tufayli qizcha bor-yoʻgʻi uch oy birga yashagan onasining ruhiy xastaligi haqida gaplar tarqay boshlaydi.
Norma Jinning hayotini qanday qilib boʻlsa ham taʼminlash maqsadida, oʻgay onasining tanishlari uni fiktiv turmushga uzatishni maslahat beradi. Shunday qilib, u 16 yoshida oila quradi. Shu nuqtada uning hayotini oʻzgartirib yuborgan tasodif yuz beradi. Urush payti front orti zavodida ishlagan, Norma Jinning surati “Koʻk kitob” reklama agentligi qoʻliga tushib qoladi. Shu paytdan boshlab, uning oilaviy hayoti tugaydi va aktrisa Merilin Monroning hayoti boshlanadi.
U faoliyatini fotomodellikdan boshlaydi, 1946-yilda esa “XX asr foks” kinostudiyasi bilan ilk shartnomasini imzolaydi. Avvaliga, u vestern melodrama hamda komediyalarda epizodik rollarni oʻynaydi. Bu davrda Merilin Monroning kinodagi yirik ijodiy ishlari deyarli boʻlmaydi, muvaffaqiyati ham shunga yarasha kam edi.
Merilinning ilk katta filmi “Xordagi qizlar” unga omad olib keladi va u Gollivud yulduzlari qatoridan joy oladi. Monro qoʻshni koʻchada yashaydigan, jozibador oddiy, sariq soch qiz obrazida muhrlanib qoladi. Uning yuz tuzilishi mukammal emasdi, munosib qadam tashlashni ham bilmasdi, aktyorlik saboqlarini ham ancha keyin olishni boshlagandi.
Toʻrt yil davomida Merilin hayotida u qadar iz qoldirmagan, 16 ta filmda suratga tushadi. U boshida oʻziga biriktirilgan obrazdan qutulishga harakat qiladi, lekin prodyuserlar hech nimani oʻzgartirishni xohlamaydi, chunki bu obraz allaqachon reklamaga aylanib ulgurgan va yaxshi daromad keltirayotgan edi. Bundan tashqari, aktrisa basketbolchi Di Madjoga turmushga chiqqanida, sahna obrazini butunlay oʻzgartirishga harakat qiladi.
U “Yetti yillik qichima”(1955-yil) filmida oddiy amerikalik ayol obrazida chiqadi. Film tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olinadi, ammo Merilinga kinostudiya tomonidan tobora bosim ortib boradi. 1954-yil dekabrida Monro Nyu Yorkka koʻchib keladi va teatr studiyalaridan birida shugʻullana boshlaydi. Bu yerda uning hayoti yana tubdan oʻzgarib ketadi. U Amerika madaniyatining yirik vakillari: yozuvchi K.Sendberg va dramaturg A. Miller bilan tanishadi. Bir qancha vaqtdan keyin Millerga turmushga chiqadi.
Kinoyulduz obrazini saqlab qolish uchun Merilin “Avtobus bekati” (1956-yil) yengil komediyasida suratga tushadi. Tez orada esa Amerika uning odatiy obrazini oʻzgartirishiga yoʻl qoʻymasligini tushunib yetadi. Aktrisa Angliyaga koʻchib oʻtadi va “Shahzoda va shou qiz” filmida mashhur ingliz aktyori Lourens Olivye bilan birgalikda rol ijro etadi. Aktyor oʻsha asarning rejissyori ham edi.
Film premyerasi shov-shuvga sabab boʻladi hamda Monro Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizavetta II bilan uchrashish sharafiga sazovor boʻlgan, ilk amerikalik aktrisaga aylanadi. Gollivudga qaytgach, u yana komediyalarda rol oʻynay boshlaydi. Lekin omad undan yuz oʻgiradi. U toʻlaqonli oila yaratishga muvaffaq boʻlolmaydi, antidepressant va uyqu dorilarga ruju qoʻyadi.
Merilin Monro mashhur aktyor Klark Geybl bilan suratga tushgan, “Mamnuniyat” filmi A.Millerni eng yaxshi ssenariy muallifiga aylantiradi. Merilin Monro oʻzini ilk bor drama janrida sinab koʻradi. Bu tajriba muvaffaqiyatli chiqadi. U oʻzining shablonlardan voz kecha oladigan hamda yorqin realistik obraz yarata oladigan, serqirra aktrisa ekanini namoyon qiladi. Artur Miller bilan ajrimdan keyin Monroning jismoniy holati shu darajada yomonlashadiki, kinostudiya u bilan shartnomani bekor qiladi. Aktrisa depressiya holatida oʻz joniga qasd qilgan deb taxmin qilinadi.
Bu ham qiziq: Eddi Myorfi
Muqova suratlar: wikipedia.org / kino.24tv.ua