3
Ulashish
915 marta koʻrilgan
1959–2009
Maykl Jekson
Maykl Jekson olti yoshidayoq ajoyib kuylar va raqsga tushardi. U koʻp farzandli oilada dunyoga keladi. Har bir bola taqdiriga “yulduz boʻlish” yozilgandek edi. 1970-yilda Maykl va aka-ukalari “Jeksonlar beshligi” nomini olgan guruhni tashkil qiladi. Jeksonlar oilasidagi qizlar ham shou-biznes olamida yaxshi tanilgan edi. La Toyya va Janet Jekson ham oʻziga yashara mashhur qoʻshiqchilar.
Mayklning yakkaxon faoliyati 1971-yildan boshlandi. U gʻaroyib raqs texnikasi bilan darrov hammani oʻziga qaratdi. Tomoshabinlar koʻz oldida bir vaqtda har xil harakatlana oladigan “suyaksiz odam” turgandek boʻlardi. Keyinchalik Jekson oʻz texnikasini takomillashtirib bordi. Unga tryuk oʻylab topadigan butun boshli jamoa yollaydi, koʻp raqs harakatini oʻzi yaratardi. Bularning hammasi yuqori texnik taʼminotni talab qilardi.
Jekson bitta konserti 3 funt portlovchi modda, 3 ta lazer, 225 ta ovozli yoʻlakchalar sarflanishi haqida gap-soʻz yuradi. Transport 160 kishiga xizmat koʻrsatadi, baʼzan bu raqam ortib ham borgan. Gastrol davomida qurilmalar 57 ta yuk mashinasida tashilar edi. Bundan tashqari, namoyishlarda maxsus balet, musiqachi, sahna ishchilari qatnashgan. Jekson uchun 1978-yil burilish nuqtasi boʻldi, shu yili Baumning “Oz sehrgari” syujetining bir koʻrinishi boʻlgan “Sehrgar” filmi suratga olindi. Oʻshanda Maykl prodyuser va bastakor Eynsi Jonsni uchratib qoladi.
Jeksonning ilk albomi – “Off the Wall” (1979) ularning birgalikdagi ishi boʻlib, 19 million nusxada sotilgan. Undan keyin butun dunyo rekordini ortda qoldirib, 38 million nusxada xarid qilingan “Thriller” (1982) va “Bad” (1987) albomlari chiqdi. Lekin 90-yillar oʻrtasi Maykl Jekson uchun omadli kelmadi. Musiqachi daromadi boʻyicha dunyoda sakkizinchi oʻrinda edi. «Uning “HIStory: Past, Present and Future, Book I” albomi omadli chiqmadi. Bunga Jeksonning oʻsmir yoshlarni yoʻldan ozdirganligi haqidagi ayblovidan kelib chiqqan janjal sabab edi. Qoʻshiqchining oʻzi esa bularni qatʼiyan rad etadi. Oʻz faoliyatiga qiziqishni saqlab qolish maqsadida albom uchun videoklip, reklama roliklarini suratga olish uchun bir necha million tikadi.
Jekson mashhurligining tushib ketishiga ikkinchi sabab, uning rokn-roll qiroli Elvis Preslining qizi Liza Mariya Presli bilan munosabati sabab boʻlgandi. U Mayklning his-tuygʻusi samimiy ekaniga ishongani aytiladi. Chunki bungacha uning musiqachi Denni Krot bilan baxtsiz turmushi boʻlgan. Denni esa rafiqasiga yaxshi munosabatda boʻlmagandi. Ajrimdan soʻng ularning ikki farzandi Benjamin va Daniel onasida qoladi. U endigina 28 yosh boʻlishiga qaramay, hayotdan hafsalasi pir boʻlgan, taʼsirchan ayolga aylanib ulgurgandi. Aynan shu davrda u Maykl Jeksonni uchratib qoladi.
Liza Mariya uni ilk marta “Jeksonlar beshligi” konsertida koʻrganidayoq yoqtirib qolganini taʼkidlaydi. Nikohni qayd etgan sudya Hyugo Alvares miss Presli haqida: “Mariya unga qanday qaraganini tasavvur ham qilolmaysiz. Uning koʻzida chuqur va cheksiz muhabbat aks etardi” , deb aytgan edi. Lekin Presli va Jekson nikohi 10 yillikning eng mojaroli voqeasiga aylanadi. Koʻplab muxlislar buni mashhur qoʻshiqchining oʻz obroʻsini oshirish yoʻlidagi navbatdagi reklamasi, rafiqasining muhabbati uni mutlaqo qiziqtirmaydi, deb hisoblagan. Hatto u Liza Mariya plastik operatsiya qilib, uning sevimli aktrisasi — Elizabet Teylorga oʻxshashini xohlagan, degan mish-mish ham tarqaladi.
Jekson omadsizligining 3-sababi esa uning tashqi koʻrinishi boʻlgan, deb hisoblashadi. Shifokorlar uning terisi rangini oʻzgartirgani sabab, unda vitiligo kasalligi rivojlana boshlaydi. U esa organizmdagi pigmentlarni “yeb bitirar”, bu qoʻshiqchining tashqi koʻrinishiga salbiy taʼsir oʻtkazar edi. Biroq Bredford universiteti mediklari Jekson tanasida oq dogʻlar paydo boʻlishini toʻxtatishga umid qilgan edi. Ular Mayklda kasallikning rivojlanishini toʻxtatadigan dorini topadi. “Oqartirish” bilan bogʻliq bir necha operatsiyalarga qaramay, pop yulduz albinosga aylanishni xohlamaydi. Yangi dori yordamida kasallikni yengish umidini uzmaydi.
Qo’shimcha manba: Джексон, Майкл
Muqova suratlar: wikipedia.org / arkbh.com