0
Ulashish
545 marta koʻrilgan
XII–XIII
Mahmud Chagʻminiy
Ahmad Farg’oniy va Abu Rayhon Beruniyning ilmiy an’analarini davom ettirgan yirik faylasuflardan biri, XII–XIII asrlarda ijod etgan xorazmlik olim Mahmud ibn Muhammad ibn Umar al-Chag’miniydir. Al-Chag’miniyning ilmiy asarlari Sharqda juda mashhur bo’lsa ham, uning hayoti va ijodiy faoliyati hozirgacha yaxshi yoritilmagan. Akademik V. V. Bartoldning ta’kidlashicha, Ulug’bek madrasasidagi astronomiyaga oid mashg’ulotlarning mavzusi sifatida Chag’miniyning astronomiya sohasidagi asariga Mir Sayyid Sharif Jurjoniy va Qozizoda Rumiylar tomonidan yozilgan sharhlarni o’rganish ham kiritilgan. Mazkur olimlar Mahmud al-Chag’miniyning «Mulaxxas fi-l-хау’а» («Astronomiyaga oid qisqa to’plam») asariga sharhlar yozishgan. Jumladan, Qozizoda Rumiy o’z sharhining kirish qismida Chag’min so’zi haqida shunday tushuntirish bergan: «Chag’min so’zi al-Chag’miniy tug’ilgan Xorazmdagi joy nomidir».