0
Ulashish
578 marta koʻrilgan
1366–1465
Lutfiy
Mavlono Lutfiy XIV–XV asrlardagi oʻzbek mumtoz adabiyotining atoqli namoyandasi boʻlib, oʻzining oʻzbek va fors-tojik tillaridagi asarlari bilan Sharqda katta shuhrat qozongan soʻz sanʼatkoridir. Shoirning hayoti va ijodi haqida zamondoshlari Davlatshoh Samarqandiy, Shamsiddin Somiy, Xondamir, Abdulla Kobuliy kabi tazkiranavislarning asarlarida muhim qayd va mulohazalar uchraydi. Xususan, Lutfiyni yaqindan bilgan, u bilan ustoz va shogirdlik rutbasi bilan bogʻlangan Alisher Navoiy asarlarida keltirilgan maʼlumotlar gʻoyat qimmatlidir. Mavlono Lutfiy XIV–XV asrlardagi o’zbek mumtoz adabiyotining atoqli namoyandasi bo’lib, o’zining o’zbek va fors-tojik tillaridagi asarlari bilan Sharqda katta shuhrat qozongan so’z san’atkoridir. Shoirning hayoti va ijodi haqida zamondoshlari Davlatshoh Samarqandiy, Shamsiddin Somiy, Xondamir, Abdulla Kobuliy kabi tazkiranavislarning asarlarida muhim qayd va mulohazalar uchraydi. Xususan, Lutfiyni yaqindan bilgan, u bilan ustoz va shogirdlik rutbasi bilan bog’langan Alisher Navoiy asarlarida keltirilgan ma’lumotlar g’oyat qimmatlidir