Orqaga
Ispan grippi epidemiyasi haqida ma'lumot. Tarixdagi eng halokatli epidemiya. Ispan grippining asosiy qurbonlari kimlar edi? Ispan grippi simptomlari.

75 marta koʻrilgan

XX asr

Ispan grippi

Ispan grippi yoki La Grippe nomi bilan mashhur boʻlgan, 1918–1919-yillarda avj olgan gripp butun dunyo uchun haqiqiy ofat edi. Atigi 18 oy ichida dunyo aholisining kamida 3/1 qismi bu infeksiyaga chalingan. Halok boʻlganlarning aniq soni boʻyicha hisob-kitoblar 20 milliondan 50 milliongacha yoki 100 milliongacha oʻzgarib turadi.

Gripp pandemiyasi Birinchi jahon urushidagidan koʻproq odamning hayotiga zomin boʻldi, chunki urushdagi yoʻqotishlar 20–40 milliongacha boʻlgan. Bu — dunyo tarixidagi eng halokatli epidemiya sifatida qayd etilgan.

Kelib chiqishi

Ispan grippining kelib chiqishi nomaʼlumligicha qolmoqda, turli nazariyalarga koʻra, u Qoʻshma Shtatlarning choʻchqachilik fermalari koʻp boʻlgan Kanzas shtatidagi harbiy lagerda paydo boʻlgan boʻlishi mumkin.

Ilk marotaba u yerda mart oyining boshlarida tana harorati koʻtarilgan bir askar haqida kazarmaga xabar berilgan. Bir necha soat ichida yana yuzdan ortiq askarlarda shunga oʻxshash holat kuzatiladi. Aprel oyida Amerika qoʻshinlarining katta qismi Yevropaga virusni oʻzi bilan birga olib keldi. Shu tariqa pandemiyaning birinchi toʻlqini boshlandi.

Ispan grippi Ispaniyada may oyida boshlanib, taxminan 8 million odamning umriga zomin boʻldi. Misli koʻrilmagan azob-uqubat va katta yoʻqotishlarga sabab boʻlgani uchun — “Ispanka” yoki “Ispan grippi” nomi bilan ataldi.

Qurbonlar

Ispan grippi, asosan, immuniteti zaif 20 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan odam, keksa, chaqaloq va boshqa kasalliklardan aziyat chekayotgan insonlar uchun xavfliroq edi. Kasallikning yuqish va taʼsir darajasi shu qadar kuchli boʻlganki, odamlar koʻchada ketayotib ham virusni yuqtirib olardi. Kasallanganlar tez fursatda vafot etardi.

Gripp simptomlari ham dahshatli edi: bemorning tana harorati koʻtarilib, nafas qisilishi kuzatilardi. Yuzning koʻkarib ketgani kislorod yetishmayotganidan darak berardi. Ichki qon ketishi oʻpkalarni qon bilan toʻldirardi va oqibatda halokatli qusish hamda burun qonashiga olib kelardi. Bemorlar oʻpkasini toʻldirgan qondan boʻgʻilib oʻlardi. Asosan nafas olish tizimiga taʼsir qiladigan boshqa gripplardan farqli oʻlaroq, ispan grippi koʻpincha oʻtkir nafas olish buzilishi kasalligini keltirib chiqardi va bu bemorlar sogʻligʻining tezda yomonlashishiga olib keldi.

Eng koʻp jabr koʻrgan hududlar

Gripp pandemiyasi butun dunyo boʻylab tarqaldi. Virus yoʻlovchi tashish, savdo yoʻllari va yuk tashish liniyalari boʻylab turli mintaqalarga tarqaldi. Xususan, kasallik Shimoliy Amerikadan tortib Yevropa, Osiyo, Afrika, Braziliya va Tinch okeani janubidagi Taubenbergergacha yetib bordi. Masalan, Hindistonning oʻzida pandemiya tufayli 13–15 million odam halok boʻlgani taxmin qilinmoqda.

Ispan grippi epidemiyasi haqida ma'lumot. Tarixdagi eng halokatli epidemiya. Ispan grippining asosiy qurbonlari kimlar edi? Ispan grippi simptomlari.

Nyu-York, London, Parij va Berlinda 1918-yildagi oktyabr va noyabr oylarida oʻlimning eng yuqori choʻqqisiga chiqishi / wikipedia.org

XX asr boshlarida virus va pandemiyalar haqida tibbiy tushunchalar ancha cheklangan edi. Kasallikning tarqalishiga javoban butun dunyo hukumatlari virus tarqalishini toʻxtatish uchun turli choralar koʻrdi. Karantin qoidalari joriy etildi, maktablar yopildi va ommaviy yigʻilishlar taqiqlandi. Baʼzi shaharlar hatto jamoat transportiga cheklovlar qoʻydi va fuqarolardan jamoat joylarida niqob taqishni talab qildi. Biroq vaksina, samarali antivirus va davolash vositalarining yoʻqligi pandemiyaga qarshi samarali kurashga toʻsqinlik qildi.

Ispan grippi epidemiyasi haqida ma'lumot. Tarixdagi eng halokatli epidemiya. Ispan grippining asosiy qurbonlari kimlar edi? Ispan grippi simptomlari.

Ispan grippi tarqalishini to’xtatish uchun Qizil Xoch tomonidan tavsiya etilgan doka niqobini ko’rsatayotgan gazeta maqolasi . (The Washington Times, 1918-yil 27-sentyabr) / wikipedia.org

Oxir-oqibat, ispan grippi pandemiyasi mutatsiya orqali kamroq oʻlimga olib keladigan shtammlarga aylanishi yoki odamlar immuniteti kuchayishi natijasida chekindi va oʻz nihoyasiga yetdi. 1919-yilning yoziga kelib, virus deyarli yoʻq boʻlib ketdi, lekin oʻzidan keng koʻlamli talafot qoldirdi.

Ispan grippi epidemiyasi haqida ma'lumot. Tarixdagi eng halokatli epidemiya. Ispan grippining asosiy qurbonlari kimlar edi? Ispan grippi simptomlari.

Amerika Qizil Xoch hamshiralari gripp bilan og’rigan bemorlarni Oklend munitsipal auditoriyasida tashkil etilgan vaqtinchalik boʻlimlarda davolashmoqda / wikipedia.org

Ispan grippi — millionlab odamlarning hayotiga zomin boʻlgan va insonlar hayot tarziga ulkan taʼsir koʻrsatgan halokatli pandemiya. U butun dunyo boʻylab bir oilaning birdaniga bir nechta vakillari va hattoki butun bir jamoa aʼzolari oʻlimiga sabab boʻldi. U yuqumli kasalliklarning sodir boʻlishi mumkin boʻlgan xavf-xatari haqida aniq eslatma boʻlib xizmat qiladi va ana shunday holatlar uchun tayyorgarlik hamda faol choralar koʻrish muhimligini insoniyatga eslatib turadi. Shuningdek, ushbu virus sogʻliqni saqlash infratuzilmasini yaxshilash, kelajakdagi shu kabi epidemiyalarning oldini olish va yumshatish uchun samarali vaksinalarni ishlab chiqish zarurligini anglatadi.



Manbalar: virus.stanford.edu / nationalgeographic.com
Muqova surat: cnbcfm.com