0
Ulashish
1128 marta koʻrilgan
1940–1961
Ziyolilarning qatagʻon qilinishi va sovet jamiyatida shaxsga sigʻinishning fosh qilinishi
O’zbekiston ziyolilari qatag’on qilinishining yangi bosqichi. Urush tugagandan keyin oradan ko’p o’tmay O’zbekiston SSR bo’ylab yana bir yalpi qatag’on to’lqini yelib o’tdi. XX asr 40-yillari oxiri va 50-yillari boshlaridagi qatag’onlar asosan madaniyat va fan arboblariga qarshi qaratildi. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Markazning yo’l-yo’riqlariga tayangan holda dunyoqarashi va ijodi kommunistik partiya mafkurasidan farq qiladigan ziyolilarga qarshi hujum boshladi. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti byurosi 1950-yil 1-sentyabrda “O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasining ishi to’g’risida”gi masalani ko’rib, akademiya olimlaridan sharqshunos va tarixchi Abdusamad Boboxo‘jayev, adabiyotshunos va faylasuf Vohid Zohidov, iqtisodchi Olim Aminov, tilshunos Olim Usmonov va boshqalarni nohaq ravishda qoraladi.