6
Ulashish
948 marta koʻrilgan
VI asr
Zen buddaviyligi Vyetnamga kirib keldi
Vyetnam Hindiston, Janubi-sharqiy Osiyo va Xitoy oʻrtasidagi dastlabki dengiz savdosiga qoʻshilgani haqida maʼlumotlarga asoslanib, buddaviylik shu dengiz yoʻli orqali miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlarida mamlakatga yetib kelgan deyish mumkin. Hozirgi Vyetnamning shimoliy qismi miloddan avvalgi 111-yilda Xitoy imperiyasi tomonidan bosib olingan va miloddiy 939-yilgacha Xitoy hukmronligi ostida qolgan. Hinayana va Mahayana anʼanalari ikki hind shtati – Funan (milodiy 1-asrda tashkil etilgan) va Champa (milodiy 192-yilda tashkil etilgan) shtatlariga tarqaldi. Vyetnamda buddizmning uzoq muddat davomida rivojlanishi milodiy VI asrdan boshlab, Xitoydan mamlakatning shimoliy va markaziy qismlariga kiritilgan Zen va Sof yer anʼanalari koʻproq taʼsir koʻrsatdi.
Birinchi dhyana (Zen, Vyetnamcha thien) yoki meditatsiya maktabi VI asrda Xitoydan Vyetnamga borgan hind rohibi Vinitaruchi (Vinitaruci) tomonidan kiritilgan. IX asrda xitoylik rohib Vo Ngon Thong tomonidan “devor meditatsiyasi” maktabi joriy etilgan. Uchinchi yirik Zen maktabi XI asrda xitoylik rohib Thao Durong tomonidan tashkil etilgan. 1414-yildan 1428-yilgacha Vyetnamda buddizm mamlakatni yana bosib olgan xitoylar tomonidan taʼqibga uchradi. Bu vaqtda Vyetnamga tantrizm, daoizm va konfutsiylik ham kirib keldi. Xitoyliklar mamlakatdan ketganidan keyin ham Vyetnam monastirlari ularnikiga oʻxshash byurokratiyani qoʻllashda davom etdi. Eʼtiqod oqsuyaklar va xitoylashganlar hamda dehqonlar qoʻzgʻolonlarida faol boʻlgan quyi tabaqalar oʻrtasida boʻlingan.
Zamonaviy davrga kelib shimoliy va markaziy Vyetnamdagi Mahayana anʼanalari janubdagi Kambodjadan kelgan Teravada anʼanalari bilan birga yashay boshladi. Nihoyat birlasha olgan vyetnamlik buddaviylar XIX—XX asrlarda fransuz mustamlakachiligi davrida oʻz anʼanalarini saqlab qolishga muvaffaq boʻldi.
1960-yillarda va 70-yillarning boshlarida Shimoliy va Janubiy Vyetnam oʻrtasidagi kurash paytida koʻplab buddaviylar katta muvaffaqiyatga erishmagan boʻlsa-da, tinchlik va yarashuv uchun harakat qildi. Janubiy Vyetnamning Ngo Dinh Diem rejimiga norozilik bildirish maqsadida baʼzi buddaviy rohiblar oʻziga oʻt qoʻydi. 1975-yildan beri birlashgan mamlakatni boshqarib kelayotgan kommunistik rejim davrida sharoitlar ogʻir boʻlsa ham buddizm saqlanib qoldi. 1980-yillarning oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, hukumatning buddistlar faoliyatiga jiddiy cheklovlar qoʻyishiga qaramay, buddaviylik yashab qolmoqda.
Manba: britannica.com
Muqova suratlar: unsplash.com / pexels.com