Orqaga
Zavqiy haqida ma'lumot

264 marta koʻrilgan

1853–1921

Zavqiy

Zavqiy XIX asr 2-yarmi va XX asrning 1-choragida yashab ijod etgan yirik ijodkorlardan biridir. Zavqiy taxallusi bilan shuhrat qozongan Ubaydullo Qo’qon shahrida Usta Solih maxsido’z oilasida tug’ildi. Yoshligidanoq Usta Solih uning tarbiyasiga jiddiy ahamiyat beradi, moddiy qiyinchiliklarga qaramay avval mahalliy maktabda, so’ng Madrasai Oliy va Madrasai Chalpakda o’qitadi. Madrasa ta’limi va shaxsiy tinimsiz mutolaa Ubaydullo iste’dodining kamol topishida, fors va arab tillarini egallashida, Sharq adabiyotining buyuk namoyandalari ijodiy meroslarini chuqur o’rganishida mustahkam zamin bo’ladi. Madrasada o’qib yurgan davrida birinchi she’riy mashqlarini yozgan Zavqiy tez orada Qo’qon adabiy muhitining Muqimiy, Muhyi, Furqat kabi ilg’or shoirlari davrasiga kelib qo’shildi, ular bilan mustahkam ijodiy hamkorlik o’rnatdi.