Orqaga

871 marta koʻrilgan

XI asr

Yusuf Xos Hojib

Yusuf Bolasog’uniy Yettisuv o’lkasidagi Quzo’rda (Bolasog’un) shahrida 1016–1018-yillar orasida dunyoga keladi. Bu davrda Yettisuv va Sharqiy Turkiston o’lkalari turkiy qarluq qabilasidan chiqqan Qoraxoniylar sulolasi qo’l ostida edi. Bu sulola vakillari VI–IX asrlarda hukm surgan Buyuk Turk xoqonligining davomchilari bo’lib, IX asr o’rtalaridan davlatni boshqarib keldilar. X asr boshlarida Abdulkarim Sotuq Bug’roxon (924–955) islom dinini qabul qildi va shu bilan turkiy elatlar ham uzil-kesil islom mintaqa madaniyatiga kelib qo’shildilar. X asr oxiriga kelib, Somoniylar tanazzulga yuz tutgach, Qoraxoniylar Movarounnahrni tugal egalladilar.