Orqaga

721 marta koʻrilgan

m. a. VIII – VI

Qadimgi yunon koloniyalari

Qadimgi Yunonistonda zodagonlardan qarzdor bo’lib qolgan, o’z yer va mulkiga ega bo’lmagan ko’plab kishilar o’z vatanini tark etishga, begona yurtlarda omadini sinab ko’rishga majbur bo’lishgan. Yersiz, nochor yunonlar safarga chiqishga hozirlana boshlaydi. Jo’nab ketish oldidan ular xudolarga qurbonliklar bag’ishlashgan. O’zlari bilan birga loy surtilgan qamishdan to’qilgan savatchalarda olov ham olishgan. Olov ayni mahalda ular umrbod tark etgan vatanning bir parchasi edi.