Orqaga

1138 marta koʻrilgan

XX asr

Yosh buxoroliklar faoliyati va Buxoro amirligining tugatilishi

XX asr boshlarida Buxoro ijtimoiy hayotida bir-biriga qarama-qarshi ikki kuch paydo bo’ldi. Birinchisi — Buxoroning siyosiy hayotini demokratik asosda qayta qurish, uning iqtisodini rivojlantirish, ilg’or mamlakatlar qatoriga ko’tarilishi uchun astoydil kurashuvchi Yosh buxoroliklar. Ikkinchisi — diniy mutaassiblar, har qanday yangilik va islohotlarning dushmani bo’lgan toifa vakillari edi. Yosh buxoroliklar siyosiy harakat sifatida 1910-yildan faoliyat ko’rsata boshlashdi. Ular Buxoro taraqqiyparvarlarining yetuk namoyandalari bo’lib, Buxoroni mustabid amir hukmronligidan qutqarib, respublika tuzumini o’rnatishga harakat qildilar.