0
Ulashish
747 marta koʻrilgan
XVI asr
Yevropa davlatlarining mustamlakalar uchun kurashi
Buyuk geografik kashfiyotlar ayni paytda Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosati uchun ham yo’l ochdi. Ispaniya bayrog’i ostida yangi ochilgan yerlar Ispaniya qirolining mulki deb e’lon qilindi. Shu tariqa Yevropa davlatlarining mustamlaka siyosati boshlandi. Mustamlakachilar bosib olgan hududlarda paxta va shakarqamish ekinzorlari barpo etildi. 1512-yilda Ispaniya qiroli mahalliy hindularni qulga aylantirishni taqiqlovchi qonun chiqaradi. Biroq qirol bu orqali mahalliy aholini shafqatsiz ekspluatatsiya qilishning oldini ololmaydi. Shafqatsiz ekspluatatsiya va yevropaliklar orqali tarqalgan turli yuqumli kasalliklar tufayli hindularning soni keskin kamayib ketadi.