Orqaga

934 marta koʻrilgan

XVI asr

Yevropada reformatsiya. Germaniyada dehqonlar urushi

XVI asr boshlarida ham katolik cherkovi qudratli edi. Rim Papasining qudratini faqat qavmlarning Xudoga chuqur va sidqidildan ishonishigina belgilab qolmagan. Bu qudrat asosida Rim katolik cherkovining behisob boyliklarga egaligi ham yotardi. Zero hamma: oddiy dehqondan tortib to qudratli knyazlargacha o’z daromadining 1/10 qismini cherkovga tortiq qilardi. Ayni paytda cherkovning o’zi ham katta yer-mulk egasi edi. Bundan tashqari, indulgensiya savdosi ham cherkovga katta daromad keltirardi. Bu savdo orqali cherkov faqat sodir etilgan gunohnigina emas, kelajakda sodir qilinishi mumkin bo’lganlarini ham kechirar edi.