Orqaga

1127 marta koʻrilgan

XIX asr

Yevropada XIX asrning 70-yillarigacha boʻlgan davrda ijtimoiy-siyosiy taʻlimotlar

XVIII–XIX asrlarda G’arbiy Yevropa va Amerikada inqilobiy o’zgarishlar yuz berdi. Bir qator mamlakatlarida feodal tartiblarni bekor qilgan bu inqiloblar mehnatkashlarga haqiqiy erkinlik olib kelmadi. Yollanma ishchilar hayotining katta qismi ishlab chiqarishda yoki ish izlab o’tardi. Bolalar yosh paytidan bir xil, og’ir mehnatga ko’nikishardi. Mehnat sharoiti va uning xarakteri ishchilarning hayot tarzini va iste’molning darajasini belgilardi. Ular boshqa toifa vakillaridan axloqning qattiqligi, ba’zan esa qo’polligi bilan farqlanardi. Chunki sanoat ishchilarining mehnat sharoiti juda og’ir edi. XIX asrning 70-yillarigacha ish kunining uzunligi Angliya va AQSHda — 10 soat, Germaniya va Fransiyada — 10–12 soat, Rossiya va Yaponiyada — 12–16 soatni tashkil qilardi.