Orqaga

908 marta koʻrilgan

1363–1447

Ya’qub Charxiy

XV asrning 1-yarmida Movarounnahrda yashagan Naqshbandiya ta’limotining yirik vakillaridan Xo’ja Ahror Valiyning ustozi bo’lmish mavlono Ya’qub Charxiy G’azna (Afg’oniston) shahriga tobe qishloqlardan biri hisoblangan Charxda tug’ilganligi uchun Charxiy taxallusini olgandir. Manbalarning guvohlik berishicha, u o’z davridagi ilmlarni egallagach, ko’nglida tasavvufga nisbatan xohish paydo bo’lib, Buxoroga keladi va Xo’ja Bahouddin Naqshband bilan uchrashadi. Bu voqealarning tafsiloti uning «Risolai unsiya» («Do’stlik haqida risola») nomli kitobida bayon qilingan.